Katalik Neytralizator

Katalik Neytralizator

Katalik Neytralizator

katalik neytralizator 660f043f275e7

Katalik konverter – neytralizatorlarni avtomobillarning tutun chiqarish tizimlariga o‘rnatiladi. Neytralizatorlar tutun gazlarida kimyoviy  reaksiya keltirib chiqaradi va bu orqali, ular tarkibigidagi zaharli moddalarning atmosferaga chiqish darajasini kamaytiradi.

Jahon bo‘ylab yo‘llarda millionlab avtomobillar harakatlanmoqda. Ularning umumiy chiqindi gazlari – dvigateldagi yoqilg‘ining yonishidan hosil bo‘lgan tutunlarning hajmi esa juda katta miqdorni tashkil qiladi. Avtomobil tutuni tarkibidagi asosiy tashkil qiluvchular bu – azot, suv va karbonat angidrid gazlari bo‘lib, ular alohida holatda zararli hisoblanmaydi. Lekin karbonat angidrit gazining katta miqdorda atmosferada to‘planib qolishi, «issiqxona effekti» hodisasini keltirib chiqaradi va global iqlim o‘zgarishlariga sababchi bo‘lishi ehtimoli katta.

Lekin avtomobil tutuni tarkibida oz miqdordagi is gazi (CO), ulgevodorodlar va azot oksidlari mavjud bo‘ladi. Bu zaharli gazlar inson va boshqa barcha tirik organizmlar uchun koni ziyondir. Katalik neytralizatorlar bu moddalarning chiqarish hajmini kamaytirish uchun xizmat qiladi.

Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, katalik neytralizatorlarda maxsus katalizator moddalar qo‘llaniladi. Katalizatorlarning ikki turi avtomobil chiqindi gazlarini neytrallashda nisbatan samaraliroq hisoblanadi: birinchisi – oksidlovchi katalizatorlar, va ikkinchisi – tiklovchi katalizatorlar. Ari uyasi ko‘rinishidagi metall katalizatorni keramik asosga maxkamlanadi. Bu orqali, chiqindi gazlar oqimining katalizator yuza maydoniga maksimal miqdorda kelib tushishi ta’minlanadi.

Tiklovchi katalizator – avtomobil chiqndi gazlarini zararsizlantirishning birinchi bosqichi hisoblanadi. Bunda Platina yoki Rodiy metallari asosidagi katalizator azot oksidlarini neytrallaydi, ya’ni zararsiz bo‘lgan kislorod va azotga parchalaydi: NO → N+O .

Keyingi bosqichda oksidlovchi katalizator ishga kirishadi: unda Palladiy va Platinadan tayyorlangan katalizator yonmay qolgan uglevodorod chiqindiliarini, va uglerod oksidlarini neytrallaydi. Bu jarayonda, katalizator uglevodorod chiqindilarini oksidlab, ularni suv va CO2 ga parchalaydi, is gazi ham uglerod ikki oksidga aylantiriladi. Zamonaviy avomobillarning ba’zilariga uchinchi bosqich —  chiqindi gazlar miqdorini nazorat qilish tizimi ham o‘rnatilgan bo‘lib, ular datchik yordamida qayd qilingan miqdoriy qiymatlarni tahlili orqali dvigatelga yoqilg‘i uzatish jarayonini nazorat qilib boradi.

katalik neytralizator 660f043fd6de6

Foto fakt:

Jahondagi yirik sanoatlashgan va ko‘p sondagi serqatnov avtomobil harakatiga ega shaharlarning ustida doimiy ravishda tumanga o‘xshash xira tutunli havo qatlami mavjud bo‘lib turadi. Bu asosan avtomobil chiqndi gazlarining shahar osmonida to‘planib qolishidan hosil bo‘lib, hudud tabiiy zanjiriga va ekomuvozanatiga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qushlar, hashoratlar va o‘simliklarning ba’zi turlari bunday sharoitda yashay olmaydi. Natijada yoki nobud bo‘ladi yoki bunday hududni butunlay tark etadi. Tasvirda jahondagi eng aholisi zich va serqatnov avtomobil harakatiga ega shaharlardan biri – Mexiko osmoni.

katalik neytralizator 660f044155faf

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Qiziqarli fizika
Katalik Neytralizator

Manba:orbita.uz