KASSATSIYA

KASSATSIYA

KASSATSIYA (lot. cassatio — bekor qilish, buzish) — qonuniy kuchga kirmagan sud hukmi (hal qiluv qarori) ustidan shikoyat qilish shakllaridan biri. Apellyatsiya sudidan farqli ravishda, Kassatsiya instansiyasi shikoyat yoki protest doirasi bilan cheklanib qolmaydi, balki bunda ish unda mavjud boʻlgan va qoʻshimcha taqdim qilingan materiallarning toʻla hajmida tekshirib chiqiladi. Kassatsiya instansiyasi hukm (hal qiluv qarori)ni oʻzgarishsiz qoldirishi, bekor qilishi va ishni yangidan tergov qilishga yoki sud muhokamasiga joʻnatishi yo boʻlmasa hukmni bekor qilishi va sud ishi olib borishni toʻxtatishi mumkin. OʻzRda Kassatsiya tartibida ish yuritish va Kassatsiya shikoyati berish (K. protesta keltirish) qonunqoidalari JPK 56-bobida va FPK 38-bobida belgilab berilgan.

Ensiklopediya.uz
KASSATSIYA