KASHTA haqida to’liq ma’lumot oling
KASHTA (fors. — chizilgan, tortilgan) — amaliy bezak sanʼatining keng tarqalgan turi; igna bilan tikib tushirilgan gul, tasvir, naqsh. K. koʻlda (igna, ilmoqli igna, shgaokli bigiz b-n) yoki mashinada, asosan, mato (boʻz, chit, satin, shoyi, baxmal, movut va b.) va charm (etik, mahsi, pichoq qini, kamar, ot jabduklari va b.)ga tikiladi. Kashta mujassamotida oʻsimliksimon naqshlar, handasiy shakllar, fazoviy jismlar, meva va hayvonlarning uslublashtirilgan tasvirlari, baytlar, keyinroq kishilarning qiyofalari, meʼmoriy obidalar ham oʻz ifodasini topdi.
Kashta tikish turli usullarda matoga avvaldan axta (andaza) yordamida tushirilgan gul, tasvir, naqsh asosida, baʼzan matodan iplari sugʻurilib tayyorlangan asosda sanama usulida bajariladi. Bunda jun, ip, ipak (rangli), zigʻir tolali tabiiy va sunʼiy (sintetik) tolalardan, metall (tilla, kumush)dan tayyorlangan iplardan foydalaniladi, shuningdek, dur, nozik, piston, baʼzan qimmatbaho tosh va tangalar keng ishlatiladi. Mato, moʻyna, charmlardan applikatsiya (quroq) tikishda Kashtadan foydalaniladi.
Kashta buyumlar (palak, soʻzana, choyshab, gulkoʻrpa, kirpech, dorpech, zardevor va b.), kiyimlar (koʻylak, doʻppi, nimcha, peshonaband, kamar va b.), musta-qil bezak namoyonlarda keng ishlatiladi (yana q. Kashtadoʻzlik, Zardoʻzlik).
Malumotlar
KASHTA