KASHMIRIY TILI

KASHMIRIY TILI

KASHMIRIY TILIkashmiriylar tili. Hindistondagi Jammu va Kashmir shtati aholisining rasmiy tili. Hinderon tillarining dard guruhiga mansub. Kashmir vodiysida tarqalgan. Bu tilda 4 mln. kishi gaplashadi (1992). Kashmiriy tilida asl kashmiri, kashtavari, poguli, siraji, rambani dialektlari mavjud. Kashmiriy tilida 4 kelishik tizimi, 2 jins kategoriyasi bor; sintaksisi uchun gaplarning ergativ qurilishli boʻlishi xarakterli. Hoz. yozuvi arab alifbosiga asoslangan. Adabiy til uchun Kashmir, Srinagar sh. lari dialekti asos boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
KASHMIRIY TILI