KASBITEPA

KASBITEPA

KASBITEPA, Kasba, Kasbi — qad. Nasaf viloyatiga mansub shahar xarobasi (mil. 1—2—13-a. boshi). Qarshidan 35 km jan.-gʻarbda joylashgan. Kasbitepaning eng quyi arxeologik madaniy qatlamlari milodning boshlariga oid. Hududi taxm. 2 ga boʻlgan. 589-y. sosoniylar sarkardasi Bahrom Choʻbin turkiy qavmlar ustidan zafar qozonib Kasbitepa qalʼasini egallagan. Sosoniylarning Sugd bilan chegaradosh yerida qurilgan Kazbion qalʼasi arman manbalarida (5-a.) qayd etilgan. M. Ye. Agassonning fikricha, bu qalʼa K. arki oʻrnida joylashgan. Arkning bal. 18 m, mayd. 180×120 m ni tashkil qilgan. Uning atrofi devor bilan oʻralgan. Jan.sharq tomon choʻzilgan rabodning uz. 1 km.

Ensiklopediya.uz
KASBITEPA