KASBGA ALOQADOR ZARARLAR

KASBGA ALOQADOR ZARARLAR

KASBGA ALOQADOR ZARARLAR, ishlab chiqarish zararlari — odamning salomatligi va mehnat qobiliyatiga bevosita va bilvosita salbiy taʼsir koʻrsatadigan mehnat jarayoni va i. ch. omillari. Kasbga aloqador zararlar maʼlum sharoitlarda kasb kasalliklarini paydo qilishi va umumiy kasalliklarni zoʻraytirib yuborishi mumkin. Kasbga aloqador zararlar yangi texnologiyaning, baʼzan toksik va organizmning sezuvchanligini oʻzgartiradigan allergik xossaga ega moddalarning qoʻllanilishi, shuningdek, xom ashyolarning yangi turini sanitariya-gigiyenik jihatdan yaxshi bilmaslik hamda texnik vositalarning maʼlum darajada takomillashmaganligi yoki texnologik rejimning va sanitariyatexnologiya normativlarining buzilishi natijasi boʻlishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
KASBGA ALOQADOR ZARARLAR