Kasb va kasbiy psixologiya haqida umumiy tushuncha

Kasb va kasbiy psixologiya haqida umumiy tushuncha

6. Uy ishi tahlili

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Nаvоiy vilоyat pеdаgоg kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа mаlаkаsini оshirish instituti

.
Ushbu mеtоdik tаvsiya mаktаb tаsviriy sаn’аt o‘qituvchilаrigа mo‘ljаllаngаn bo‘lib, ilg‘оr tаjribаli o‘qituvchilаrning ish tаjribаlаri аsоsidа yarаtildi. Mеtоdik tаvsiyadа tаsviriy sаn’аt mаshg‘ulоtlаridа qo‘llаnishi mumkin bo‘lgаn dаrs o‘tish usullаri vа nаmunаviy dаrs ishlаnmаlаri bеrilgаn. Mеtоdik tаvsiya mаktаbdа ishlаyotgаn yosh o‘qituvchilаr uchun mеtоdik yordаm sifаtidа хizmаt qilishigа ishоnаmiz.

Ushbu mеtоdik tavsiya NVPKQTMОI 2011-yil __________ оyi ilmiy kеngаshidа ko‘rib chiqilgаn vа nаshrgа tаvsiya etilgаn.

Tаsviriy sаn’аt dаrslаridа pеdаgоgik tехnоlоgiya usullаrini qo‘llаsh
KIRISH
Zаmоnаviy dаrs – Хаlq tа’limi хоdimlаri uchun eng muhim eng dоlzаrb mаsаlа hisоblаnаdi. Охirgi yillаrdа bu mаvzu yuzаsidаn аmаliy ishlаr оlib bоrilmоqdа. Аyniqsа pеdаgоgik gаzеtа vа jurnаllаrdа ko‘p yozishаdi. Аmmо hеch kim “Zаmоnаviy dаrs o‘zi nimа?”. “Аn’аnаviy dаrslаrdаn fаrqi nimаdа?” “Аn’аnаviy dаrsning qusuri nimаdа?” dеgаn sаvоllаrni o‘rtаgа tаshlаb bu sаvоllаrgа аniq jаvоb bеrа оlmаydilаr. Аn’аnаviy dаrs bilаn zаmоnаviy dаrsning bir-biridаn fаrqini оchish uchun аvvаlо аn’аnаviy dаrs sхеmаsi (shаkli) ni ko‘z оldimizgа kеltirаmiz vа mаshg‘ulоtlаrdа qullаymiz.

Bir dаqiqаni hаm bеkоrgа o‘tkаzmаslik: ya’ni dаrsgа kirish bilаn mаvzuni e’lоn qilish, mаvzugа dоir mаtеriаl (аshyo) bilаn tаnishib chiqish vа o‘qituvchi tоmоnidаn qo‘yilgаn sаvоllаrgа jаvоb tоpish kеrаk bo‘lаdi.

-o‘quvchining bir dаqiqа hаm zеrikib bеkоr o‘tirishigа yo‘l qo‘ymаslik, ya’ni dаrsgа fаоl ishtirоk etishni tа’minlаsh:

-bilimlаrni mustаhkаmlаsh ishlаsh (o‘qib оlish, yozib оlish, mаshq bаjаrish) оrqаli o‘zlаshtirishgа erishish:

-dаrsdа shu kungi mаvzu buyichа tushunchа, ko‘nikmа vа mаlаkа hоsil qilishgа erishish.

– mаshg‘ulоt dаvоmidа o‘quvchilаrning qiziqishini оshirib bоrish.

Mаshg‘ulоt uchun аjrаtilgаn dаqiqаning hаmmаsini yangi mаvzuni o‘zlаshtirishgа bаg‘ishlаsh kеrаk. Rеspublikаmiz mаktаblаridа tаsviriy sаn’аt vа chizmаchilik dаrslаrini o‘qitish yuksаk sаviyadа dеb bo‘lmаydi. Biz yashаyotgаn dаvr tехnikа аsridir. Dеmаk tехnikаni chizmаlаrsiz tаsаvvur etish mumkin emаs. Umumiy o‘rtа tа’lim vа hunаr mаktаbini islоh qilishning аsоsiy yo‘nаlishlаridа o‘qitishning umumtехnik vа аmаliy yo‘nаlishini kuchаytirish, mеhnаt tаrbiyasini singdirish ko‘zdа tutilgаn. Bu mаsаlаlаrni hаl etishdа esа o‘rtа umumtа’lim mаktаb o‘quvchilаrining grаfik sаvоdini rivоjlаntirish kаttа ахаmiyatgа egаdir. Grаfik sаvоdni esа o‘quvchilаr tаsviriy sаn’аt, chizmаchilik, gеоmеtriya, mеhnаt dаrslаridа оlаdilаr. SHundаy ekаn hаr bir tаsviriy sаn’аt vа chizmаchilik o‘quvchisi mаktаbdа mutахаssislik dаrslаrining sаmаrаdоrligini оshirishni o‘z оldigа muhim mаqsаd qilib qo‘ygаn bo‘lmоg‘i lоzim. Umumаn yaхshi dаrs yaхshi tаyyorgаrlikdаn bоshlаnаdi. U o‘quvchini uylаshgа, fikrlаshgа, ko‘prоq munоzаrаgа tоrtаdi. O‘qituvchi ijоdkоr bo‘lmоg‘i vа yanа o‘quvchilаrni hаm ijоdkоr qilib tаrbiyalаshgа erishmоg‘i dаrkоr. Dаrs sаmаrаdоrligini tа’minlаshdа uning tаshkiliy tоmоnlаrigа hаm e’tibоr bеrish: o‘quv хоnаning sаnitаriya–gigiеnа хоlаti, tаrtib-intizоm, o‘quvchilаrning o‘quv qurоllаri vаqtni to‘g‘ri tаqsimlаy bilish, jihоzlаr, ko‘rsаtmаlаr, tехnik vоsitаlаr, yaхshi nаtijа bеrаdi. Hоzirgi zаmоn dаrsi fаn, аdаbiyot, sаn’аt, mаdаniyat, tехnikа ishlаb chiqаrish yutuqlаridаn unumli fоydаlаnishni tаlаb etаdi. Dаrs sаmаrаdоrligini оshirishdа o‘qituvchi o‘tilаyotgаn mаvzu mаzmunigа o‘qitishning mоs usul vа uslublаrini tаnlаb оlishi muhimdir. Dаrs mеtоdini o‘qituvchi o‘zi tаnlаb оlаdi. Dаrsni turli хil mеtоdlаrdа tаshkil etish mumkin. Dаrs tаshkil etish mеtоdlаrini hаm o‘qituvchi mаshg‘ulоt dаvоmidа o‘rgаnаdi vа аmаliyotdа qo‘llаydi. Yangi mаvzuni o‘rgаnish, sinоv, sеminаr, аmаliy ish (grаfik chizmа chizish), kоntrоl tоpshiriq, viktоrinа, disput, (sinflаrаrо) mа’ruzа, turli tоpishmоqli uyinlаr, o‘z-o‘zini bоshqаrish lоtо, ekskursiya, bаyrаm dаrsi, tаdqiqоt dаrsi vа hоkаzоlаrni qo‘llаydi. “Sinоv” dаrsini ko‘pinchа kаttа bоblаrni tugаtgаch yoki chоrаk охiridа o‘rgаnilgаn mаtеriаllаrni mustаhkаmlаsh vа o‘quvchilаr bilimini tеkshirib bаhоlаsh mаqsаdidа o‘tkаzilаdi. Dаrsdа bеrilgаn sаvоl vа tоpshiriqlаr оldingi dаrsdа o‘quvchilаrgа bаyon etilаdi. Bu esа dаrsimizning qiziqаrli o‘tishidа аhаmiyatlidir.

“Sеminаr” dаrsi-o‘quvchilаrgа (2-3 tа o‘quvchigа) 1 tаdаn mаvzu tоpshirilаdi. Shu mаvzu yuzаsidаn o‘quvchi puхtа tаyyorgаrlik ko‘rаdi vа ko‘rgаzmаli mаtеriаllаr tаyyorlаydi.

Dаrs vаqtidа shu o‘quvchi o‘zigа bеrilgаn mаvzuni bаyon etib bеrgаch, o‘quvchilаr ungа mаvzu bo‘yichа sаvоllаr bеrishаdi. Sеminаr dаrsi o‘quvchilаrni mustаqil tаyyorgаrligini, izlаnuvchаnligini оshirаdi.

“Аmаliy ish dаrsi” dа hаr bir o‘tilgаn mаvzu yuzаsidаn аmаliy (grаfik) ish o‘tkаzilаdi. Bu esа o‘quvchidаn fаqаtginа аmаliy jihаtdаn hаm sаvоdli bo‘lishni tаlаb etаdi. Аmаliy chizmа o‘quvchini fikrlаshgа, tаsаvvur etishgа, ijоdkоrlik qоbiliyatini оshirishgа yordаm bеrаdi.

“Kоntrоl tоpshiriqlаr” dаrsidа hаr o‘quvchi stоligа o‘tilgаn mаvzulаrgа оid mахsus tаyyorlаngаn rаsmli tаrqаtmа mаtеriаllаrlаr tаrqаtilаdi. SHu tаrqаtmаlаr bеrilgаn tоpshiriq buyichа o‘quvchi mustаqil fikrlаsh аsоsidа mustаqil ish dаftаridа tоpshiriqni bаjаrаdi. Bu usul hаm o‘quvchini uylаshgа mаjbur etаdi. Viktоrinа”dаrsidа sinf o‘quvchilаri 2 tа yoki 3 tа guruhgа bo‘linib sаvоl-jаvоbni musоbаqа ko‘rinishidа оlib bоrаdi. Bоshqаruvchi esа o‘qituvchi bo‘lаdi. Sаvоl–jаvоblаr 5 bаllik sistеmаdа hisоblаb bоrilаdi. Vеktоrinа dаrsi hаm o‘quvchilаrning fаоlligini оshirаdi.

“Disput dаrsi” esа pаrаlеll sinflаr o‘rtаsidа musоbаqа tаrzidа o‘tkаzilаdi lеkin bu dаrsni sinflаrаrо o‘zаrо do‘stlik vа kеlishuvchаnlik ruhidа tаshkil etish muhimdir. Chunki dаrs охiridа g‘оlib sinf bilаn mаg‘lub sinf o‘rtаsidа nizо chiqishi mumkin. Disput dаrsi o‘quvchilаrdа qiziquvchаnlikni, izlаnishni yangilikkа intilishni yuzаgа kеltirаdi.

“Mа’ruzа” dаrsidа fаqаtginа o‘qituvchi аsоsiy figurа bo‘lаdi. Birоr mаvzu to‘liq vа kеng tаrzdа bаyon etib bеrilаdi.

“Turli tоpishmоqli o‘yinlаr” dаrsidаn ko‘prоq tаrqаtmаli tоpshiriqlаrdаn fоydаlаnilаdi.

“O‘z-o‘zini bоshqаrish” dаrsidа ko‘prоq o‘qituvchi bo‘lishgа хаvаsmаnd bоlаlаr fаоl fаоliyat ko‘rsаtishаdi. Ulаrdаn bir o‘quvchi bir sоаtlik dаrsgа puхtа tаyyorgаrlik ko‘rаdi, ko‘rgаzmаli qurоllаr yasаydi. So‘ngrа bir sоаtlik dаrsni mustаqil rаvishdа o‘qituvchi rоlidа o‘tаdi. Dаrs rаhbаr, o‘qituvchi vа o‘quvchilаr bilаn birgа bаhоlаnаdi.

“Sаyohаt” dаrsidа o‘qituvchi bоlаlаr bilаn muzеygа bоrishаdi. turli хil ekspоnаtlаr bilаn tаnishаdi. Muzеydаgi hаyvоn vа qushlаrning tuzilishi хuddi shu mаvzu аsоsidа rаsm chizish uchun qo‘l kеlаdi.

“Tаbiаtgа” sаyohаt esа tаbiаtning tаsvirlаsh mаvzulаrgа оid dаrslаri uchun zаrurdir. Оlgаn tааssurоtlаr аsоsidа rаsm chizish bоlаlаrni fikrlаshgа хоtirlаshgа mаjbur etаdi. Bu dаrsdа ekоlоgik tаrbiyagа ko‘prоq etibоr bеrish kеrаk.

«Tаdqiqоt dаrsi». Bu dаrs shаklini qo‘llаgаndа o‘qituvchi bir dаqiqа hаm vаqtni bеkоrgа kеtkаzmаydi. Mаktаbdа tаsviriy sаn’аt vа chizmаchilik dаrslаrini qiziqаrli vа tushunаrli qilib o‘tish o‘qituvchidаn yuksаk bilim, qunt izlаnish vа mustаhkаm tаyyorgаrlikni tаlаb qilаdi. Chizmаchilik fаni tаsviriy sаn’аtning dаvоmi bo‘lib, murаkkаblаshgаn fоrmаsidir. Dаrs o‘tishdа tаrqаtmаli mаtеriаllаrdаn fоydаlаnish, vаqtni tеjаshgа vа o‘quvchilаrning qiziqishini o‘stirishgа yordаm bеrаdi o‘qituvchidаn, ijоdkоrlik tаlаb qilinаdi. CHunki didаktik uyinlаrdаn fоydаlаnish hаm dаrs sаmаrаdоrligini оshirishdа muhim оmili хisоblаnаdi. Didаktik o‘yinlаr o‘quvchilаrning hоzirjаvоblik хususiyatlаrini tаrbiyalаydi vа o‘quvchilаrning fаоllgini оshirаdi.

Tasviriy san’at

Bola dunyoga kelar ekan u gapirish, yurish, ota- onasi kimligini bilishdan avval ranglarni seza boshlaydi. Bu esa bolalarni atrof muhitni kuzata olishga avval o‘zgarishlarni tez ilg‘ay olishga undaydi. Bola yoshi ulg‘aygan sari uni tasavvur va kuzatuvchanlik qobiliyati o‘sadi va barcha narsalarga qiziqish bilan qaraydi hamda o‘zi ham nimadir chizishga, o‘zicha rang tanlashga harakat qiladi. Bu bolada qobiliyatini shakllanishbelgisidirana shu holatni ota-ona ham seza olishi vaboladagi qobiliyatni rivojlantirishga yordam berishi lozim. Tasviriy san’at fani o‘quvchilarga nafosat tarbiyasini beradi. Ularni hayotdan zavq ola bilishga va yangiliklar yaratishga undaydi. Tasviriy san’at o‘quv fanining maqsadi o‘quvchilarga ma’naviy madaniyatning ajralmas qismi hisoblanganbadiiy madaniyatni, tasviriy savodxonlikni shakllantirishdan iborat. Har bir inson o‘ziga xos qobiliyat bilan tug‘iladi uning iste’dodi, qobiliyati va iqtidorini o‘z vaqtida anglab yetish, uni rivojlantirish biz o‘qituvchilarning asosiy vazifamizdir.

Darslarda turli interfaol usullardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi. Darsni faqat rasm chizish deb tushunmaslik, darsdaamaliyot nazariya bilan birgalikda olib borilsa o‘quvchi xotirasida ko‘proq saqlanadi. Rassomlar asarlari, tasviriy san’atda uchraydigan turli terminlar o‘quvchilarni ish daftariga yozib borilishi, o‘quvchilarga o‘zlari izlanib, turli manbalardan foydalanib tasviriy san’at nazariyasi rassomlar hayoti, asarlarini o‘rganib kelish topshirilsa bu o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishini yana ham oshiradi.Bundan tashqari maktabdagi iste’dodli, qobiliyatli o‘quvchilar o‘rtasida turli mavzularda rasmlar tanlovi o‘tkazish kerak. O‘quvchilar chizgan rasmlardan ularni shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil etish juda yaxshi natija beradi. Birinchi iste’dodli o‘quvchi chizgan rasmlari bilan butun maktab o‘quvchilari tanishadi. Ikkinchidan bu rasmlar ko‘rgazmasi boshqa o‘quvchilarni tasviriy san’at faniga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

O‘quvchilarga tasviriy san’at darslarini o‘tayotganda o‘zlari chizgan rasmlarni tahlil qila olishi va xatolari ustida ishlashni o‘rgatish kerak. Buning uchun o‘quvchi o‘zi chizgan rasmga tanqidiy qaray olsagina, xatolarini tez topa oladi.

Bunda o‘quvchi quyidagilarni bilishi kerak;

– qalam yo‘nalishini shaklga qarab tanlay olish

– bo‘yoqlardan to‘g‘ri foydalanish

– ranglar mutanosibligiga amal qilish

– soya yorug‘ini to‘gֲri bera olish

Tasviriy san’at darslarini qiziqarli o‘tish uchun darslarda turli xildagi didaktik o‘yinlarni tashkil qilish dars samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Masalan; Rassomlar ijodiga bag‘ishlab kechalar o‘tkazish, sahna ko‘rinishlarini tashkil qilish, “shakl yig‘”, “shakllarga qarab buyumlar rasmini chiz” amaliy o‘yinlarini o‘tkazish mumkin.

Fan: Tasviriy san’at

“Syujetli tanish bo‘lgan adabiy asarlarga, ertaklarga illyustratsiya ishlash”

DARSNING MAQSADI: o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim ko‘nikma va malaka hosil qilish

O‘quvchilarni kitob orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish.

  1. RIVOJLANTIRUVCHI MAQSAD;
  2. Kitobot san’atini o‘rganish, kitoblar mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilar ongiga yaxshilikka intilish, tuyg‘usini rivojlantirish.

DARS USULI: Auksion

DARS USLUBI: o‘qituvchi uchun: kitoblar, yozuv taxtasi, bo‘r, tarqatma materiallar, illyustratsiyalar.

O‘quvchilar uchun: albom, kitob namunalari, qalamlar, ish daftari.

DARS EPIGRAFI:

Kitobdan yaxshiroq do‘st, yo‘q jahonda,

G‘amxo‘ring bo‘lgayu g‘amli zamonda

U bilan qol tanho, hech bermas ozor,

Joningga yuz rohat beradi takror.

“Olgan bilimimizni Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sarflaymiz”.

TASHKILIY QISM:

1. Davomatni aniqlash

2. Psixologik o‘yin (ranglarni tanlash va ularning psixologik tavsifi)

3. Sinfni guruhlarga bo‘lish (“Kitobxonlar” va “Rassomlar” guruhi)

DARSNING REJASI:

1. Kitobat san’ati tarixi haqida ma’lumot

2. Kitobni tayyorlash bosqichlari haqida ma’lumot.

3. Amaliy mashq. Kitoblarga illyustratsiya ishlash. “Qisqa hikoya tuz va uni rasmlarda ifodala”.

4. Kitob haqida donolarning fikrlari.

5. Sahna ko‘rinishi, “Kamoliddin Behzod Alisher Navoiy huzurida”

6. Uy ishi tahlili

7. Geometrik shakllardan buyumlar rasmini chiz.

8. Rebusni yechish. (O‘ylaymiz, birgalikda ishlaymiz!”)

9. Darsni mustahkamlash va baholash.

10. Darsni yakunlash va uyga vazifa.

DARSNING BORISHI.

Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda,

G‘amxo‘ring bo‘lg‘ay u g‘amli zamonda.

U bilan qol tanho, hech bermas ozor,

Joningga yuz rohat beradi takror.

Bilimdonlar so‘zi border bu bobda

Bilimdon go‘rda-yu ilmi kitobda

Sgar yolg‘iz ersang hamdam kitobdir,

Bilim yolg‘iz ersang hamdam kitobdir.

O‘qituvchi;-Haqiqatan ham insonni komillikka eltuvchi, ma’naviyati yuksak, barkamol inson qilib tarbiyalovchi bu-kitoblardir.

-Siz mustaqillik farzandlarisiz, bu mustaqillikka qanday erishdik?

Qanday qilib qisqa muddatda yuksak cho‘qqilarni egalladik?

-Bularning barchasiga bilimli insonlarni ko‘pligi, ularning oqilona siyosati tufayli erishdik.

Demak, ko‘p o‘qish o‘rganish insonlarni va jamiyatni ravnaqida asosiy o‘rin tutadi. Bunda kitobni o‘rni beqiyosdir.

-Qani, o‘quvchilar kitobot san’ati, uning tarixi va kelajagi haqida bir fikrlashib olaylikchi…

1-o‘quvchi: Kitobot san’ati sharq madaniyatining eng qadimiy nodir turlaridan biridir. Sharq kitobot san’atining yana bir qimmatli jihatlaridan unda hattot, naqqosh, rasom, muqavosoz, zarhal harf yozuvchisi bo‘lgan. Natijada kitob yuksak saviyali asar darajasiga yetkazilgan. Shuning uchun ham sharq kitobat san’ati namunalari London, Fransiya, AQSH davlatlardagi muzey va kutubxonalaridasaqlanmoqda. Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi kitoblardan biri “Zardushtiylik” dinining muqaddas kitobi “Avesto” eramizdan avvalgi V11asr oxiri, V1 asrning birinchi yarmida yaratilgan.

U 12000 ho‘kiz terisiga bitilgan. 21 kitobdan iborat.

Uning 5 kitobigina saqlanib qolgan.

Kitoblarga rassomlar shunchalik mehr bilan rasm ishlangan, bezak berganki, ular sozandaga o‘xshatilgan.

Sozanda bastakorni g‘yalarni mahorat bilan ijro etgani kabi, rassom muallifning fikrlarini o‘quvchilarga estetik zavq bilan yetkazishga harakat qilishgan; “Sharq Rafaeli” nomini olgan miniatyurachi rassom- Kamoliddin Behzodni Alisher Navoiyning asarlariga ishlagan rasmlari asrlar oshsada, insonlar ruhiyatiga zavq bag‘ishlaydi. Kamoliddin Behzod Alisher Navoiyning 11 ta asariga ishlagan.

2-o‘quvchi: Kitobat san’ati hozirgi kunda yanada rivojlanib, yangi-yangi qirralarni ochib bermoqda. Tarixiy, badiiy, siyosiy, ilmiy, metodik falsafiy kitoblar orqali insonlar ma’naviyati boyimoqda. Qanchalik teletarmoqlar, internet tarmoqlari rivojlanagan bo‘lsada, kitoblar insonning eng yaqin do‘sti bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston kitobot san’atida kitobning mazmundorligini oshirish maqsadida bezovchi rassomlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bularga bezovchi rassom-Iskandar Ikromov, Muhammadov Telman Yaminovich, Anatoliy Andrey Bobrovlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu rassomlar juda ko‘p badiiy asarlarga, ertaklarga rasmlar ishlaganlar.

2. KITOB TAYYORLASH BOSQICHLARI.

O‘qituvchi;- Kitoblar o‘lchov shkli, bezak unsurlari, rangi, bezagi jihatidan turlicha bo‘ladi. Kitob zarvaraq, muqova, titul varag‘i, bosh bezak, zarhal harf illyustratsiya va yakuniy bezaklardan tashkil topgan.

ZARVARAQ-yupqa, muqova ustiga kiydiriladigan qog‘oz bezak bo‘lib, muqovani toza saqlashga mo‘ljallangan.

MUQOVA-kitob varag‘ini birlashtirib turuvchi qism.

TITUL VARAG‘I-muqovadan keyingi muallif familiyasi yoziladigan, kitob nomi nashr etilgan joyi. Nashriyot nomi yoziladigan qism.

BOSH BEZAK-kitobni birinchi betini yuqori qismini bezatilishi.

ILLYUSTRATSIYA-kitob mazmuni asosidagi rasmlar

YAKUNIY BEZAK-kitobni oxiriga beriladigan bezak.

3. AMALIY MASHQ.

Siz o‘quvchilar o‘zingiz tayyorlayotgan kitoblaringizni ana shu bosqichlarda ishlab tuagllashingiz kerak.

O‘quvchilar ishlar kuzatilib ko‘rsatmalar beriladi.

“Qisqa hikoya tuz va uni rasmlarda ifodala” mashg‘uloti bajariladi.

Guruhlarga berilgan qisqa hikoya tahlilio‘tkaziladi.

4.KITOBLAR HAQIDA DONOLAR FIKRI

1-o‘quvchi-“Kitob aqliy mehnat ishlab chiqarishning qurolidir”

2-o‘quvchi-“Kitobsiz bilim bo‘lmaydi”

3-o‘quvchi-“Kitoblarni o‘qish, haoyt va uning kurash qonunlarini bilib olishning bebaho manbayidir”.

4-o‘quvchi-“Yaxshi kutubxona buyuk xazina”.

5-o‘quvchi-“Kitoblar bilan xilvatda o‘tirish-nodonlar jamiyatida bo‘lishdan yaxshiroqdir”.

6-o‘quvchi-“Dunyoda yaxshi kitoblar ko‘p, ammo bu kitoblar uni o‘qib biladigan kishilar uchun yaxshidir”

7-o‘quvchi-“Kitob ham odam kabi, turmush hodisadir, u ham odam kabi gapiradi”

8-o‘quvchi-“KItoblar bilan muomala qilish, odamlar bilan muomala qilishga tayyorlaydi.”
5. SAHNA KO‘RINISHI

“Kamoliddin Behzod Alisher Navoiy huzurida”

Kunlarning birida Behzod yangi ishlagan bir suratni Navoiyning oldiga olib keladi. Unda ajoyib bog‘, daraxt shoxida qushlar, gullar qulf ochilib yotibdi. Ariqlarda zilol suvlar oqmoqda.

Bog‘da Alisher Navoiy. U bir qo‘lida hassa tayangan, ikkinchi qo‘lida bir tovoq. Tovoqda oltinlar. Navoiy atrofida ilm-fan san’at, adabiyot ahillari. Go‘yo Navoiy ularning ijodidan shod bo‘lib, boshlarida oltin sochmoqchidek. Suratidan zavqlangan Navoiy bunday baytni aytadi:

Naqqosh, ajab sahfa munaqqosh karde,

Ey vaqti, tu xush ke vaqtimo, xush karde.

Ya’ni, naqqosh ajoyib sahifani naqshlabsan, vaqting xush bo‘lsin, zeroki bizni xush qilding. Seni shunday taqdirlayman. Behzodga ot, chopon taqdim etiladi.

6-UY ISHI TAHLILI

O‘quvchilar bajarayotgan ishlar tahlili qilinadi va ko‘rsatmalar beriladi. O‘tilgan mavzular asosida savol-javob o‘tkaziladi va chizgan rasmlari o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan tahlili qilinadi.

7-“GEOMETRIK SHAKLLARDAN RASMLAR CHIZ”

(O‘qituvchi topshiriq beradi)

8-REBUSNI TOPING.

(O‘qituvchi topshiriq beradi)

ZARVARAQ
9. MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

1. Kim ko‘p badiiy kitob biladi?

2. Kitobning kishilar hayotidagi ahamiyati nimada?

3.Kitoblarni yaratishda qaysi soha mutaxassislari ishtirok etadilar?

4. Kitoblar qanday qismlardantashkil topadi?

5. Kitob badiiy bezagining qaysi turlari bor?

6. Qadimda qaysi musavvirlar kitob bezagi bo‘yicha ijod qilganlar?

7. Hozirgi o‘zbek grafik rassomlar kimlar?

8. Juda sevamiz uni

Bilim bera olar u.

U barchaning ulfati

Qani, o‘g‘lim uni top,

Uning nomidir….? (kitob)

10. DARSNI YAKUNLASH.

Guruhlarningto‘plagan ballarini aniqlash, baholarini izohlash.

Uyga vaizfa. Asar mazmuni asosida rasmlar ishlash.
XOTIMA:

Shogirdlarim, jonu jahonim,

Hayotimning mazmun ma’nosi,

Davrasida o‘tar har onim.

Farzandlarim ular barchasi.

Noananaviy dars.

Mavzu: Kitobot san’ati

1. Darsning maqsadi:

A) Ta’limiy maqsad: kitobot san’ati tarixi, qo‘lyozmalar haqida muxtasar ma’lumot berish va bu orqali o‘quvchilarning badiiy fikr doirasini kengaytirish.

B) Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, aql idrokni rivojlantirishda uning ahamiyatini o‘rganish.

V) Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni estetik didni rivojlantirish, san’atga bo‘lgan mehrini oshirish, go‘zalliklarni anglashga o‘rgatish.

G) Kasbga yo‘llash: O‘quvchilarga grafikachi rassom va kitobot san’ati ustalari kasbga qiziqish va muhabbatini oshirish.

D) Milliy istiqlol g‘oyasini singdirish: Milliy me’rosimizni o‘rganish, asrash avaylash uni avloddan–avlodga yetkazish g‘oyalarini singdirish.

2. Dars usuli: Aqliy hujum.

3. Dars uslubi:

Suhbat, savol-javob, rasm chizish, mustaqil ish.

4.Dars turi: Kompozisiya.

5. Dars jihozi:

Mavzuga doir ko‘rgazmalar, kitob muqovasi eskizi uchun namunalar, darslik va tasviriy san’at o‘quv qurollari.

6. Dars tipi: Auktsion.

7. Dars epigrafi:

Bir do‘stki, hech kimga bermagan azob

Uzoq sinab ko‘rdim bilsang o‘qitob

Sirni yashirmaydi o‘quvchisidan

Xabar berar senga yozuvchisidan

Jilvada sen bilan bo‘lib u ulfat

Jimgina ko‘radi yoqimli suhbat.

8. Dars shiori:

Zakovatli uqadi, bilimdon biladi

Bilimli, zakovatli tilakka yetadi.

9. Dars muammosi:

Bizni xorlikka solgan, begumon bildik bilimsizlik

Demoqchimiz ilm, odob tug‘sin, fazl o‘lib nomi

O‘shangdon bir farzandin lazzat olsin bu jahon komi.

10. Dars rejasi:

1. O‘quvchining kirish so‘zi.

2. Kitob san’ati haqida ma’lumot.

3. Ilm daraxtiga hayot baxsh eting.

6. Illyustratsiya (Kitob muqovasi uchun eskiz).

7. Sardorlar bellashuvi. Topishmoqlar.

10. Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni sinf jurnaliga qayd qilish.

2. Faollashtiruvchi savollar:

A) Tasviriy san’atning qanday tur va janrlarini bilasiz?

B) Eng birinchi O‘zbekistonning ayol rassomi kim, va uning qanday asarlarini bilasiz?

V) Impressionizmning ma’nosi nima?

O‘qituvchining kirish so‘zi.

Bizning ko‘nglimiz ham shod

Kirib kelgan yilingiz

Nomi “barkamol avlod”

Qadrli va aziz o‘quvchilar! Siz bizning yorqin kelajagimiz, ona vatanimizning g‘ururi iftixori, ertagingi kunimizning davomchilarisiz.

Prezidentimizning farmoni bilan 2010-yil “Barkamol avlod” yili deb e’lon qilingan ekan, bu bilan sizning imkoniyatlaringiz yanada kengayadi. Ilm dargohlarida sizning kamolotga erishishingizda keng yo‘l ochib beradi. Hamma ezguliklar bilim tufaylidir.U tufayli ko‘kka yo‘l topiladi. Bu ishda sizning eng yaqin ko‘makdoshingiz, ilm olishingizda yo‘l boshchi, bunyodkorlik ishlarida, aql idrokning rivoj topishida beminnat yordamchi do‘st, ilmu donishning asosi Kitob yordam beradi. Bugun siz bilan o‘tkazayotgan norasmiy darsimizda kitob dunyosi, uning yaratilishi tarixiga bir nazar tashlaymiz. Qani, kitob biz uchun nima? Oddiy buyum yoki … Keling shu savollarga javob topaylikchi?

Ey o‘quvchi: Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo‘qdir. Kitob balog‘atga, latofatga, tengi yo‘q munofiqlardan holi hamroxdir. Yolg‘izlikda va g‘amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoqdir na gina. U shunday hamdamki so‘zlarida yolg‘on va xato bo‘lmaydi.

Shunday ekan siz haqida nima deysiz?

Kitob olimlar fikrining panoxgohi, dono kishilar bo‘stonining chamani, oddiy kishilarning tomoshagohidir. U barcha yerda barcha bilan oshno dardli kishilar diliga davodir.

Kimki kitobga ko‘p boqsa, kitob uning zehnini oshiradi. So‘zga chechan qiladi.

Kitobni o‘tmish va kelajakdan xabar beradi.

Kitob odob axloqning koni bilimning esa bulog‘idir.

Mana fikrlaringizni eshitdik. Ozmi- ko‘pmi u haqida bilimingiz bor! Bugungi darsimizda fikrlar davomi sifatida shunday mavzuni o‘tamiz.

Kitobot san’ati. Tarixi.

1. Kitobot san’ati–sharq madaniyatining eng nodir qadimiy turlaridan biri. Kitob sharqda qadimdan izzat-ikromda bo‘lgan. Unda vatan va millat tarixi, ilm-fan sirlari, kishilarning falsaviy va estetik qarashlari va turmush tarsi aks ettirilgan. Sharq kitoblarida sharqona donolik ma’naviy barkamollikni aks ettirganlar. Sharq kitobot san’atining yana bir qimmatli jihati shundan iboratki unda hattot, naqqosh, rassom, muqavosoz, zarhal xarf yozuvchi mutaxassislarning yuksak badiiy mahorati sintezi tufayli badiiy asar darajasiga yetkazilgan.

Endi siz bilan ikki guruhga bo‘linib, “topqir” O‘quvchilar baxsini boshlaymiz. O‘quvchilar “Bahor” va “Nafosat” guruhlariga bo‘linishida. Tanishuv sharti bo‘lib o‘tadi.

2. Ilm daraxtiga jon baxsh eting. Atrofga qarang hamma daraxtimiz ko‘kka burgangan juda go‘zal, negadir bizning ilm daraxtimiz uyquda. Siz o‘zingiz topqirligingiz bilan uning gullab yashnashiga yordam berasiz.

Guruh a’zolariga 5 tadan savol berilgan va javoblar baholanadi.

1-kartochka. Dizayn nima? Turli buyumlar, binolar intereri texnik vositalarni qo‘llash.

2-kartochka. Illyustratsiya nima? Biror matn yoki biror xodisani to‘ldirish, yoki tushuntirish uchun ishlangan tasvir.

3-kartochka. Girix so‘zining ma’nosini tushuntiring? Kompozitsiya geometrik shakllardan hosil qilingan naqsh turi.

4-kartochka. Grafika nima? Tasviriy san’at turi: uning metografiya, gravyura, ofort, plakat, dastgoh, kitob ishlab chiqarish kabi turlari mavjud.

5-kartochka. Emblema nima? Biror bir g‘oya harakat, jamiyat, tashkilot, korxona va hokazolarning shartli tasviri.

1-kartochka. Ekspozitsiya nima? Muzey, ko‘rgazma zallariga qo‘yilgan asori-antiqa, buyum, kartina

2-kartochka. Animal janrda nima tasvirlanadi? Hayvonlar tasviri ishlanadi.

3-kartochka. Geraldika so‘zining ma’nosi nima? Gerbshunoslik, gerblar tarixini o‘rganadigan san’at turi.

4-kartochka. Qodirjon Haydarov kim? Usta yog‘och uymakori. Toshkentlik.

5-kartochka Mono Liza asari muallifi kim? Leonarda Do Vinchi.

Tasviriy va Amaliy san’at iboralaridan foydalangan holda boshqotirmani yeching.

Kasb va kasbiy psixologiya haqida umumiy tushuncha

Insoniyat paydo bo‘libdiki u har doim o‘zini boqishga, ehtiyojlarini qondirishga harakat qilgan va hozirda ham shu yo‘ldan bormoqda. Inson o‘z ehtiyojlarini eng avvalo oziq – ovqat, boshpana, kiyim – kechaklarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishdan boshlagan. Keyinchalik yangi sivilizatsiyalar paydo bo‘lgach, ya’ni insoniyat madaniyatlashib borgan sari o‘z ehtiyojlariga kerak bo‘lgan maxsulotlarni ishlab chiqara boshlagan. Bular eng avvalo shu sohadagi kasb egalarini paydo bo‘lishiga va jamiyatni shu maxsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga intilishlarni paydo qilgan. Jamiyat rivojlana borgan sari yangi kasblar paydo bo‘lgan va rivojlanib borgan. Insonlar esa yaxshi yashashga intilganlar. Buning uchun kasb tanlaganlar, tajriba oshirganlar va bilimlarni to‘plaganlar. Kasb – inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo‘li bilan erishiladi. Kasb ichida mehnat faoliyatining eng tor xarakteri bilan ajralib turuvchi ixtisoslari bor. Ba’zi kasblarda bir qancha ixtisoslar masalan: chilangar kasbida – remontchi chilangar, asbobsoz chilangar, yig‘uvchi chilangar kabi yo‘nalishlar mavjud. Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming) O‘zbekistonda 6 mingdan ziyod kasblar mavjud. [1] SHuni aytish joyizki jamiyat rivojlangan sari kasblar ham ko‘payib boradi. SHu bilan birga kasb bu jamiyatdagi qabul qilingan huquqiy – normativ qonunlarga amal qilishi zarur bo‘ladi.

SHuni aytish kerakki kasb –hunar va uni egalari azaldan xalqimiz tomonidan e’zozlanib kelingan. O‘zbekistonda hozirda bilimdon, o‘z kasbini yaxshi egallagan, mustaqil fikrlovchi, o‘z kasbiga ijodiy yondashuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, izlanuvchan, intiluvchan mohir ustalar, kasb egalari ko‘proq talab qilinmoqda. SHunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

I.A.Karimovning asarlarida va Vazirlar mahkamasi qarorlarida (Nizomlarida) mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasi dolzarb va katta e’tibor berilayotgan masalalardan biri bo‘lib turibdi.

O‘zbekistonda olib borilayotgan islohatlar bilan bog‘liq xalq ta’limini tubdan islohat qilish to‘g‘risida I.A Karimov o‘zining “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” asarida fikr bildirib shunday deydilar: “Shu tariqa yoshlarning biron – bir shaklda bilimlarini takomillashtirish, muayyan kasb – xunar egasi bo‘lib etishishlari uchun sharoit yaratiladi”. [2] Bu bilan davlatimiz yoshlarni kasb – xunar egasi bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berayotganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yoshlar bu jamiyatning kelajagi, ularni o‘zlari qiziqqan kasblarni egallashi, hayotda o‘z o‘rinlarini topa olishlari zaruriy jarayon hisoblanadi.

Kasb – hunarli bo‘lsh inson uchun zarur bir ehtiyoj ekanligini buyuk avlodlarimiz o‘z asarlarida aytib o‘tganlar. Deylik Kaykovus o‘zining “Qobusnoma” asarida shunday yozadi “Bas, agar aqling bo‘lsa xunar o‘rgang‘il, nedinkim hunarsiz aql – boshsiz tan, suratsiz badandekdir… Ey farzand, ogoh bo‘lki, xunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va hech kishiga naf’ etkurmas.” 3

Hozirda o‘sib kelayotgan yoshlar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kasbni tanlab olishlari va o‘z hayotlarini mazmunli, yaxshi o‘tkazishlari uchun intiladilar. Ularga bu kasblarni tanlashlarida kasb psixologiyasining o‘rni va ahamiyati juda katta. “ Men kelajakda kim bo‘laman?”, “YAxshi yashashim uchun qaysi kasbni tanlashim kerak?”, “Mendagi iqtidor shunga etadimi?”, “Kelajagimdan qoniqamanmikan?” degan ko‘lab savollar yoshlarni o‘ylantiradi. Bu savollarga javob olish uchun ular ko‘plab kuzatadilar, hayotdan ma’lum bir malakalar olishga intiladilar. Kattalarni maslahatlarini o‘ylaydilar va ikkilanib yuradilar. Kasb psixologiyasi esa ularni to‘g‘ri yo‘lga solishga harakat qiladi.

Izlanuvchi yoshlar kasb – xunar va uni egallash, hayotlarini, kelajaklarini hal qiluvchi omil ekanligini bilib boradilar. Shulardan kelib chiqib kasb – bu inson hayoti uchun zarur bo‘lgan, jamiyatdagi huquqiy normalarga javob beradigan, insonni kelajagini belgilab beradigan o‘ziga xos murakkab bo‘lgan jarayon deb belgilashimiz mumkin. Kasbga xos bo‘lgan jarayonlar, ularni egallash, tanlash inson psixologiyasi bilan bog‘liq. Kasb psixologiyasi aynan shunday murakkab jarayonlarni o‘rganish orqali yoshlarni o‘zlari qiziqqan kasbga yo‘nalish beruvchi murakkab fan hisoblanadi. Har bir kasbning o‘ziga xos bo‘lgan tomonlari, insonlarni o‘ziga jalb qila oladigan qirralari mavjud bo‘lib, inson bu jarayonlarni kuzatib borib shu kasbni egallashga intiladi. Bu jarayonlarda inson o‘zini ruhiyati bilan shu kasbga xos bo‘lgan psixologik tomonlarni ham shakllantirib boradi.

Jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar yoshlarni ham kasb tanlashda o‘ylantirib qo‘ymoqda. Ko‘plab yangi kasblar paydo bo‘lmoqda, ularni fan yangiliklari, texnika va texnologik yangiliklar asosida ko‘plab mutaxassisliklar bilan tanishishlari kasb tanlashda qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda. Bundan tashqari jamiyatni olg‘a rivojlanib borishi yoshlarni olayotgan kasblarini raqobatbardoshligini, kerakligini va yashashlari uchun imkoniyatlar yaratib bera olishlariga ishontira bilishini ham talab qilib bormoqda. Hayotiy jarayonlar, yashashga beriladigan imkoniyatlar, kasbga bo‘lgan intilishlar tabiiy ravishda amaliy psixologiyaning bir bo‘lagi bo‘lgan kasb psixologiyasiga bo‘lgan talabni zaruriy qilib qo‘ydi va bu fanni paydo bo‘lishiga olib keldi. Hozirda O‘zbekistonda bu fan endi rivojlanishi kerak bo‘lgan va yoshlarni tarbiyalashda, ularga kasb tanlashlariga yordam beruvchi asosiy mutaxassislik fani bo‘lib bormoqda. Kasb psixologiyasini mohiyati bu insonni kasbga xos xatti – harakatini va kasb tarixi bilan bog‘liq tomonlarni ko‘rsatib berish, shuningdek yoshlarni, kasb tanlovchilarni o‘zi qiziqqan kasbni tanlashlarida yo‘nalishlar berish, keyinchalik kasbdan ketishlariga yordam berish kabilar hisoblanadi.

Dunyoga kelgan bola haqida, uning kelajagi haqida, qanday kasbni egallashi haqida ko‘proq uning ota – onasi bosh qotiradi. Bolani maktabga chiqqanidan boshlab uning ota – onasi “Mening bolam kelajakda vrach bo‘ladi”, yoki ma’lum bir kasbni oldindan tayyorlab qo‘yadilar. Lekin hayotni o‘zi bolani shaxs sifatida rivojlanishi, biologik taraqqiyoti, psixologik imkoniyatlari asosida o‘ziga xos bo‘lgan kasbni tanlashlariga imkoniyat yaratadi. Dunyoga kelgan bolada kurtak tarzida o‘ziga xos bo‘lgan imkoniyatlar bo‘ladi. Bola rivojlanib borgan sari unda ma’lum bir tamonga ixtidorlik ham taraqqiy etib boradi. SHaxs bo‘lib borayotgan bolada psixologik xususiyatlar yuzaga chiqib, uni borliqqa bo‘lgan qiziqishini ortirib boradi. Ayrim bolalar yosh davrlaridanoq o‘simliklarga, ularning tuzilishlariga qiziqadilar, ayrimlari xarakatdagi xashoratlarga, xayvonlarga qiziqadilar. Qo‘ng‘izni ko‘rgan bola uni xarakatlanishini tekshirib uni nima xarakatlantirmoqda degan savol bilan tekshirib ko‘radilar. Uni bo‘laklarga ajratadilar. Bunday bolalardan ko‘plab yaxshi vrachlar, injinerlar, konstruktorlar, qassoblar chiqadi. Keyinchalik bunday shaxslar o‘zida shu kasbga xos bo‘lgan xususiyatlarni rivojlantirib boradilar. Bular ularning qiziqishlaridan kelib chiqadi. SHaxs sifatida bolada shu sohani bilishga ehtiyojlar rivojlanadi. Tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha bilimlar to‘plab boradi. Bu maktabda, oliygohda, atrofdagilarning aytib berishlari va o‘zining mustaqil o‘rganishlari bilan shakllanib boradi. Maktabda bolalarga kasb bilan bog‘liq bo‘lgan tanishtirish darslarini ham tashkil etish zarur bo‘ladi. Bunda bolalar ko‘pchilik kasblar haqida bilib oladilar va kasb tanlashlari uchun imkoniyatlar kengayadi. Ularni yuqori sinflarga o‘tib borishlari bilan birga keyingi etaplarda qaysi kollejga va litseyga kirishlari ham aniqroq bo‘lib boradi. Ular o‘zlari qiziqqan kasbni olishga mustaqil qarorlar qabul qilgan holda intiladilar.

YOshlarning kasb tanlashlari maktabdan boshlanadi. Bunga ularni tayyorlab borish zarur bo‘ladi. Buni psixolog olim Anvar Jalolov o‘zining “Kasb qanday tanlanadi” kitobida shunday ko‘rsatib beradi

Bu rasmdan ko‘rinib turibdiki yoshlar kasb tanlashlarida ma’lum bir bosqichlarni bosib o‘tadilar. Xilma – xil va qiziqarli kasblarni tanlashning asosiy maqsadi yaxshi yashash va yaxshi kasbni tanlash hisoblanadi. O‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kasb insonni har doim o‘z ustida ishlashga, uni yaxshiroq bilishga olib keladi. Insonda kasb tanlash jarayonini yana shu muallif quyidagicha belgilaydi.

Insonda ma’lum kasbga, uni egallashga xavas, mayil, orzu, ishtiyoq, xafsala bo‘lmasa u hech qanday kasbni egallay olmaydi. Insondagi shu jarayonlar odamning o‘z kelajagini to‘g‘ri anglashga, tushunishga olib keladi. Unda istak, xohish paydo bo‘ladi. Bular bolada ma’lum bir maqsadni shakllanishiga va bu yo‘lda iroda kuchini sarf qilishga olib keladi. Irodali inson o‘z maqsadi sari intiladi va orzu havaslariga erishadi. Bunda bolada paydo bo‘luvchi xavas atrofdagi insonlarni kuzatish orqali, ularga aytilgan maqtov so‘zlarini tinglash va uning mahoratiga qoyil qolish, odamlarni uning mahoratini maqtashlari, bu insonni bilimdonligi, qo‘lidan ko‘plab ishlar kelishini kuzatishi unda shu insonga o‘xshashga xavasni uyg‘otadi. Unda orzu, armon, tilak, ishtiyoq va xafsala paydo bo‘ladi. Bu jarayonlar bolada uyg‘onayotgan ehtiyojlar va manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lib uni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishning xissiyotlari, irodalari bilan bog‘liq jarayondir.

Katta bo‘lib borayotgan bolada xavas paydo bo‘ladi. Kasbga nisbatan olganda bolani shu kasbga qiziqishi, intilishi, mayli, xohish, istak va orzusi bo‘lib ko‘zga tashlanadi. Bu yo‘lda bola o‘ziga tilak tilab shu kasbni egallashga bo‘lgan intilishi sodir bo‘ladi. Agarda bola o‘z tilaklarini xafsala bilan amalga oshirmasa, xarakat qilmasa bu armon va orzu bo‘lib qoladi. SHuning uchun u zo‘r ishtiyoq bilan xarakat qilishi va armonlarini amalga oshirishi zarur bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki bu jarayonlar insonga xos bo‘lgan psixologik jarayonlarni tashkil etib. Insonning maqsadini vujudga kelishining asosi hisoblanadi. Albatta bu jarayonda insondan iroda kuchi ham talab qilinadi. Ishtiyoq bu – zo‘r istak, xohish hisoblanadi.

Yoshlarni kasb tanlashlari yo‘lidagi bunday jarayonlarni o‘rgangan psixolog olimlar ularni quyidagicha ta’riflaydilar. Insonni anglash darajasiga ko‘ra kasb tanlashda quyidagi tomonlar ta’riflanadi. Istak – intilishning shunday bir turidirki, bunda inson faqatgina o‘zining hozirgi holatidan norozi ekanini his qilib tursa ham, lekin qanday maqsadga intilayotganini, binobarin, bu maqsadga erishishning yo‘l – yo‘riqlarini aniq bilmaydi. Bunda kishi nima istayotganini o‘zi anglab etmaydi. Bola o‘zi nimani istayotganini anglamas ekan bu istakni amalga oshirib bo‘lmaydi. Insondagi istak ma’lum darajada anglangan bo‘lsa, tilak – xavasga aylanib ketishi mumkin. Tilak – havas intilishning shunday bir turidirki, bunda inson faqatgina qanday maqsadga intilayotganligini biladi, lekin bu maqsadga erishish yo‘llarini aniq bilmaydi. Bunday tilak bo‘lgan payitda bolada ko‘pincha yangi intilish paydo bo‘ladi. Bunda bolada tilakka erishish uchun vosita va yo‘llarqidirish, ba’zi vaqtda esa o‘zida tug‘ilgan tilakni bosishga intilish hosil bo‘ladi. Agarda amalga oshirish uchun vosita va yo‘llar topilsa, u vaqtda tilak to‘la anglangan va maqsadga intilishning vosita va yo‘llarini aniq anglanganini ko‘rsatadi. Tilakni tobora anglanib borishi natijasida xohishga aylanib boradi. Xohish esa to‘la anglangan intilishdir. Bunda inson maqsadi sari anglangan xarakatlarni bajarishga tayyorlanadi va o‘z irodasini shu maqsad sari yo‘naltiradi. Kasb tanlashda inson irodaviy xarakatlarni amalga oshiradi. Irodaviy xarakatlar – ilgaridan mo‘ljallangan xohish bilan amalga oshiriladigan xarakatlardir. Insondagi bu irodaviy harakatlar ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda bo‘lishi mumkin. Ixtiyoriy xarakatlar insonni anglangan va o‘z xohishi bilan bajariladigan harakatlari hisoblanadi. Irodaviy xarakatlar motivlar asosida amalga oshiriladi.

Motivlar kurashi natijasida inson o‘zining maqsadlaridan kelib chiqib qarorlar qabul qiladi va shu qarorlarni amalga oshirish uchun intiladi. Qat’iat bilan qilingan xarakatlar maqsadni amalga oshirsa. Qat’iyatsizlik bu kasbdan yuz o‘grishga olib keladi. Boshqa bir onson kasbni tanlashga olib keladi. Bu erda o‘z qiziqishlaridan voz kechadi va oxir oqibatda adashganini biladi. Qat’iyatsizlik uni boshi berk ko‘chaga olib keladi. Qat’iyat esa uni o‘zi sevgan kasbini bilishga va undan rohatlanishga, qoniqishga olib keladi. Bu kasb orqali o‘zini inson sifatida bilib boradi. Bu kasb orqali yaxshi yashaydi, orzulari amalga oshadi. Kasb tanlash bu murakkab, lekin zaruriy jarayon bo‘lib, insonni kelajagini va yaxshi yashash imkoniyatlarini yaratuvchi, shuningdek jamiyatda o‘z o‘rnini topib borib, unga foydali mehnat qilish hisoblanadi. YAxshi kasb tanlash uchun kerak bo‘lga tomonlar quyidagicha ko‘rsatilishi mumkin.

Kasb va kasbiy psixologik jarayonlar kasb tanlovchidan quyidagilarni talab qiladi:

  • Umumta’lim maktablarida beriladigan ta’lim darajalaridagi bilimlarga ega bo‘lishni;
  • Kasb tushunchasining ta’rifini, uning tabiatini, xususiyatlarini kasblar sonini va turlarini bilishni;
  • Kasbni inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunish va u haqida tasavvurga ega bo‘lish;
  • Kasb tanlashga kerak bo‘lgan idrokni , xohishni mavjud bo‘lishi; · O‘z maqsadi va manfaatini to‘g‘ri anglab olgan bo‘lishi; · Kelajagi haqida tasavvurlarni bo‘lishi.

Bulardan kelib chiqqan holda kasb tushunchasining asosiy tamoyillarini ko‘rsatish mumkin. Bular quyidagi rasmda o‘z aksini topgan:

Yoshlar o‘z kelajagini anglagandagina, o‘z qiziqishlari va manfaatlarini aniqlab olgandagina, hayotini tashkil etishdagi ehtiyojlarini tushungandagina kasbni tanlashlari onson kechadi. Kasb insonni boquvchi asosiy omil va hayotini tashkil etuvchi asos hisoblanadi.

Kasb haqida ko‘plab olimlar o‘z fikrlarini bildirganlar. Kasbni tushuntirishda va uni psixologiya fani bilan bog‘liqligini taniqli rus psixologi Gurevich K.M. ham o‘zicha tariflab bergan. Kasblar doimiy emas, ular paydo bo‘ladi va yo‘qolib ketadi. Ayrimlari fan – texnikaning rivojlanishi va takomillashib ketganligi sababli faqat otigina saqlanib qolgan bo‘lsada, o‘zlari tubdan o‘zarib ketgandir. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan tikuvchilik kasbi – bu kasb texnikani o‘sganligi sababli hozirda tikuvchilar avtomatlashtirilgan ko‘lab tikuv stanoklarini boshqaradilar. Bu erda matolarni to‘qish nazarda tutilmoqda. SHuni aytish kerakki xozirgi to‘quvchining ishini ilgarigi formatsiyadagi tikuvchining ishi bilan taqqoslab bo‘lmaydi deb ko‘rsatadi psixolog olim.

Gurevich K.M. kasblarni paydo bo‘lishini va shakllanishini quyidagicha ko‘rsatadi. 1) Mehnat taqsimotini yuzaga kelishi bilan; 2) Fan – texnikani paydo bo‘lishi va taraqqiyoti bilan; 3) Farmatsiyalarni o‘zgarib borishi bilan.

Inson faoliyatini ko‘rinishi sifatida kasbning o‘zi nima? degan savol berar ekan Gurevich K.M. unga shunday javob berishga urinadi.

Mehnatni taqsimlanishi natijasida kasblar ajralib chiqdi va bu jarayon hamon davom etmoqda. Bu mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonni kasb deb yuritiladi. Kasb – bu o‘zoq davom etadigan mehnat kompleksining majburiyatidir. Ma’lum bir jamiyatdagi kasblarning yig‘indisi uning ehtiyojlarini qondiruvchi va jamiyatning xayotiy funksiyalarini ado etuvchi zaruriy jarayondir. Insonning kasbiy mehnati bu uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokini beradi.O‘zining mehnatida inson jismoniy va ruhiy imkoniyatlarini ko‘rsatib, qobiliyatlari va ijodini mehnatda tadbiq etgan holda o‘zining mehtaidan ijodiy qoniqishini olib keladi. Jamiyat o‘z navbatida xar bir mehnat qilgan shaxsni taqdirlab boradi. Mehnat sifati va soni jihatidan taqdirlanadi. Bu esa kasblar o‘rtasida bir xillik yo‘qligini ko‘rsatadi deb yozadi Gurevich K.M. [4] Kasblarni paydo bo‘lishi va insonni unga bo‘lgan ehtiyojini borligi – bu insoniyatni va jamiyatlarni yashashining, hayot jarayonlarining ko‘rinishi va kelajagidir.

[1] А.Жалолов касб қандай танланади. Т., 2010 й. 62 б.

[2] И.А.Каримов Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. Т.,1998 й. 17 б. 3 Кайкоаус. “Қобуснома” Т., 1994 й. 26 б.

[4] Гуревич К.М. Дифференциальная психология и психодиагностика. М.,2008 г. 21 с.

Xizmat ko‘rsatish Toshkent – kitob chiqarish

Siz ushbu toifaga kiruvchi o‘xshash e‘lonlarni topishingiz mumkin.

  • OLX asosiy bo‘limlari Toshkent
  • Bo‘limda bo‘linmlar “Xizmatlar” Toshkent

OLX asosiy bo‘limlari Toshkent:

Bo‘limda bo‘linmlar “Xizmatlar” Toshkent:

  • O‘zbekiston
  • » Toshkent viloyati
  • » Toshkent

Xizmatlar ko‘rsatish Toshkent. OLX.uz Toshkent e‘lonlar taxtasida tez va oson xizmatni topish yoki ko‘rsatish mumkin. Eng yaxshi xizmatni OLX.uzda toping!

  • Mobil ilovalar
  • Yordam
  • Pullik xizmatlar
  • OLX-da biznes
  • Saytda reklama
  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati
  • Hamkorlar
  • Qanday sotib olish va sotish?
  • Xavfsizlik qoidalari
  • Sayt xaritasi
  • Mintaqalar xaritasi
  • Ommaviy so‘rovlar …da Xizmatlar
  • Career
  • Teskari aloqa

Telefoningiz uchun bepul ilova

Qidiruv natijalari Saralanganlarga qo‘shilgan

E‘lon Saralanganlarga qo‘shilgan

Saralanganlarni o‘z akauntingizda saqlash uchun, kirishni amalga oshiring

Bu sayt Cookie fayllarni ishlatadi. Brauzeringizda Cookiesʼni sozlashingiz mumkin. Koʼproq maʼlumot olish.

Shu kabi takliflarni email orqali olishni istaysizmi?

O‘z hisob qaydingiz uchun parol o‘rnating

OLXda hisob qaydlari yaratishning afzalliklari nimada

  • Tasdiqsiz e’lonlarni joylashtirish
  • Istalgan vaqtda OLX foydalanuvchilariga chiqish
  • Hisob qaydlarini sozlashning qulayligi

Akkauntingizni OLXda avtorizatsiya qiling!

  • E’lonlarga tezroq javob oling
  • Barcha javoblar tarixiga ega bo’ling
  • Akkauntingizning barcha funksiyalaridan foydalaning

Qiziqarli malumotlar
Kasb va kasbiy psixologiya haqida umumiy tushuncha