Kasallik, davolanish va shifokor odobi haqida
Kasallik, davolanish va shifokor odobi haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Ming xil kasallik bor, ammo sog‘lik bittaginadir.
L. BERNEDardning sonsanog‘i yo‘q.
KATTA PLINIYEng yomon dard o‘ldiruvchi dard emas, balki davosi yo‘q darddir.
M. EBNER-EShENBAXKasallik — barvaqt qarishning o‘ziga xos ko‘rinishi.
A. POPSalomatligini ehtiyot qilib yurgan odam o‘ziga nima foydaligini har qanday shifokordan ko‘ra yaxshiroq biladi.
SUQROTUzoq betob yotgan odam tabibdan ko‘ra ham bilimdonroq bo‘lib qoladi va o‘z dardiga shu darajada tushunib yetadiki, hatto tajribali tabiblarga ham bu layoqat kamdan-kam nasib etadi.
O. BALZAKBiz haqiqiy kasalliklardan tashqari ko‘pdan-ko‘p tasavvurdagi kasalliklarga ham giriftor bo‘lamiz.
J. SVIFTAgar odam o‘z tanasi yoki ruhiy holatini tadqiq qilishga kirishsa, albatta o‘zida kasal topadi.
I. GYoTEDard haqida umuman o‘ylamaslik yoki kamroq o‘ylash kerak.
A. P. ChEXOVBetob bo‘lganda kasallik haqida o‘ylamaslik kerak, zero odam o‘ylagan dardiga o‘ralashib qoladi. Yaxshisi, hamma narsani miyadan chiqarib tashlab, butunlay boshqa narsalar to‘grisida o‘ylagan, gailashgan yoki o‘qigan ma’qul.
N. METNEREng sog‘lom va chiroyli, qaddi-qomati kelishgan odamlar hech narsadan asabiylashmaydigan odamlardir.
G. LIXTENBERGXushchaqchaqlik sog‘lomlik belgisigina emas, balki kasallikdan xalos qiluvchi eng samarador vosita hamdir.
S. SMAYLSXushchaqchaq odamlar tez tuzalishadi, har qanday kasallik naytida ham xursand kayfiyat joiz.
X. BOSTREMXursandchilik kishining hayotga muhabbatini oshirib, tanasini chiniqtiradi.
I. P. PAVLOVSog‘ tanda soglom aql bo‘lishiga intilish zarur.
YuVENALAsab sistemasini mustahkamlaydigan hamma narsa umrni uzaytiradi, aksincha, uni susaytiruvchi narsalar umrni qisqartiradi.
P. MANTEGASSOJismoniy jihatdan sog‘lom bo‘lishning eng muhim sharti ruhiy tetiklikdir. Ruhiy tushkunlik o‘lim bilan chatishtan. Ruhiy tetiklik organizmimizga yangidan hayot baxsh etib, modda almashuvini yaxshilaydi.
U. GODVINUmrni qisqartiruvchi omillar orasida qo‘rquv, qayg‘u. umidsizlik, zerikish, tushkunlik, hasad, nafrat yetakchi o‘rinni egallaydi.
K. GUFELANDKasallikning eng yaqin ittifoqchisi bemorning umidsizligidir.
M. GORKIYQochayotganimizni ko‘rgan dushman battar quturib ketganiday, dard ham qo‘rqayotganimizni sezsa, yanada beshafqat bo‘ladi. Ammo u qarshilikka duch kelishi bilan bo‘shashib qoladi. Binobarin, dardga bo‘yin egmay, u bilan olishish kerak.
I.MONTENEng yomon dard o‘z dardiga bog‘lanib qolishdir.
SENEKAHayotini boy bermaslik tashvishi bilai yashagan odam hech qachon hayot zavqini bilmaydi.
I. KANTInson o‘z dardi haqida gapi-rishni yaxshi ko‘radi, ammo bu uning hayotidagi eng noxush damlardir.
A. P . ChEXOVBa’zilar nuqul sog‘lom bo‘lay deb tashvish chekkashshklari uchungina boshlari darddan chiqmaydi, boshqalar esa kasal bo‘lishdan qo‘rqmaganliklari tufayligina sog‘lom yurishadi.
V. O. KLYuChEVSKIYJazavaga tushish — kasallik emas, xarakter: bu xarakterning eng muhim belgisi o‘ziga ishonmaslikdir.
P. DYuBUAJazava — barcha kasalliklariing tasqarasi.
J. ShARKOAgar inson bolaligi va o‘smirligidan boshlab tizginini asablariga berib qo‘ymagan bo‘lsa, uning asablari muloyim va itoatkor bo‘ladi.
K.D.UShINSKIYOrani buzishgacha olib boradigan haddan ziyod asabiylik umrni qisqartiradi.
A. A. BOGOMOLETSSog‘ayish shartlaridan biri sog‘ayish xohishidir.
SENEKAIroda barcha dori-darmonlardan ko‘ra ko‘proq yordam beradi.
M. GORKIYSog‘ayishga ishonch — yarim sog‘ayish degan so‘z.
F. VOLTERO‘z dardini tushunib, davolanishga shay turish shifo tonishning boshlanishidir.
M. SERVANTESO‘zini sog‘lom deb hisoblovchi bemorni davolab bo‘lmaydi.
A. AMIELTabibga dardini oshkor qilmagan odam qanday shifo tonadi?
Sh. RUSTAVELIShifokorlarni o‘qymishli odamlar ham tan olmasliklari mumkin, ammo tabobatni faqat joqillargina inkor etadi.
P. BUASTTabobat hamma san’atlar ichida eng olijanob san’atdir.
GIPPOKRATDoktorning mehnati chindan ham eng unumli mehnatdir: u sog‘liqni saqlash yoki qayta tiklash orqali jamiyatga yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan barcha kuchlarni in’om etadi.
N. G. ChERNIShEVSKIYVrachlik kasbi — jasorat, bu kasb fidoyilikni, qalb va fikr sofligini talab qiladi.
A. P. ChEXOVAftidan, vrachlarning butun mo‘jizalari ularning bemorga nisbatan diqqat-e’tiborlarining kuchliligidadir. Ana shu kuch tufayli shoirlar tabiatga jon baxsh etishsa, vrachlar bemorlarni oyoqqa turg‘izishadi.
M. M. PRIShVINO‘z bemorini davolashga ki-rishgan shifokor bu ishni nazokat va ochiq chehra bilan bemorga xush keladigan tarzda amalga oshirishi kerak. Badqovoq shifokor o‘z kasbida hech qachon baraka topmaydi.
M. MONTENFaqat tetik odamgina vrach bo‘lishi mumkin.
P. DOBUAChalasavod vrachlar odatda sershubha bo‘lishadi.
E. FEYXTERSLEBENVrachning ochiq chehrasi bemorning sog‘aya boshlashi demakdir.
F. ROXASSuhbatidan keyin bemor yengil tortmagan vrach vrach emas.
V.I. BEXTEREVUmr qisqa, san’at yo‘li olis, qulay fursat o‘tkinchi, tajriba aldamchi, mulohaza bildirish og‘ir. Binobarin, faqat tabibning o‘zigina barcha zarur narsalardai foydalanib qolmasdan, balki bemor ham, tevarak-atrofdagilar ham va tashqi muhit ham tabibga uning faoliyatida ko‘makdosh bo‘lmog‘i lozim.
GIPPOKRATDori-darmon dardga qaraganda sekinroq ta’sir qiladi.
TASITRuh bilan tanning bir-biriga o‘zaro ta’siridan habardor bo‘lganim uchun tanaga shifo bo‘ladigan ruhiy malhamlar mavjudligini aytib o‘tmoqni burchim, deb hisoblayman.
M. Ya. MUDROVRuhni davolamay turib, tanani davolab bo‘lmaydi.
SUQROTPsixoterapiyasiz etik yamash yoki o‘simliklarni payvand qilish mumkin, ammo inson organizmiday ta’sirchan narsani davolab bo‘lmaydi.
E. SIGENVrachning bir og‘izgina tasallisi bemorga naqadar shifobaxsh ta’sir ko‘rsatishini va aksincha, ishontirishning nechog‘li qudratga ega ekanligini bilmaydigan yoki bilishni istamaydigan vrachnipg sovuq va ayovsiz hukmi bemorni ba’zan ajal domiga olib borib qo‘yishini hamma biladi.
V. M. BEXTEREVziyouz.uz
davolanish va shifokor odobi haqida, Kasallik