Kasallik chaqiruvchi zamburug`lar inson organizmiga qanday o`tadi?

Kasallik chaqiruvchi zamburug`lar inson organizmiga qanday o`tadi?

Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ushbu savolga batafsil ma`lumot berish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya, venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o`rinbosari Ilhom Rahimovga murojaat qildi.

Mutaxassisning ta`kidlashicha, zamburug`larning 100 mingdan ortiq turlari ma`lum bo`lib, ulardan 500 ga yaqini odam va hayvonlar uchun patogen hisoblanadi, ya`ni kasallik paydo qiladi. Zamburug`li kasalliklar bemordan yoki kasal hayvondan odamga (asosan, bemor bilan bevosita muloqotda bo`lganda yoki uning zararlangan buyumlaridan foydalanganda) o`tadi.  

Ular tashqi muhitning turli omillariga chidamli, masalan, ochiq suv havzalari, o`rin-ko`rpalar, kiyim-bosh, gilam hamda sochlarga tushganda, bir necha yilgacha kasallik chaqirish qobiliyatini saqlab qoladi.

Zamburug`larning achitqisimon turi patogen hisoblanadi. Ular (kandida zamburug`lari) tabiatda juda keng tarqalgan bo`lib, meva-sabzavot, sut mahsulotlari, shuningdek, odam, hayvon terisi hamda shilliq qavatlarda saprofit holatda yashaydi va faqat muayyan sharoitlarda kandidozlar deb ataluvchi o`ziga xos kasallikni keltirib chiqaradi.  

Me`da-ichak xastaliklari, vitaminlar muvozanatining buzilishi, leykoz kasalligi, antibiotiklar bilan tartibsiz davolanish kandida zamburug`larining faoliyatini oshirib, kasallik vujudga kelishiga olib keladi.

Kasallikning klinik kechishiga qarab:

  • shilliq qavat va teri kandidozi,  
  • kandidozli onixomikoz,
  • paronixomikoz,
  • surunkali generalizasiyalashgan bolalar kandidozi alohida ajratiladi.

 

Bunda bemor tanasida to`q qizil rangli, aniq chegaralangan, usti gardish bilan qoplangan dog`lar paydo bo`ladi. Barmoqlar orasidagi kandidozli eroziya asosan qandolatchilar, idish-tovoq yuvuvchilar va boshqalarda uchraydi.  

Jarayon 3 va 4-barmoqlar orasida, to`q qizil rangli, aniq chegaralangan va o`rtasida seroz suyuklik bo`lgan eroziya borligi bilan ifodalanadi.  

Og`iz shilliq qavati kandidozi esa tashqaridan kirib kelgan zamburug` hisobiga rivojlanishi mumkin.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Kasallik chaqiruvchi zamburug`lar inson organizmiga qanday o`tadi?