KASABLANKA KONFERENSIYASI
KASABLANKA KONFERENSIYASI (1943) — AQSH prezidenti F. Ruzvelt, Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cherchill va shu davlatlar oliy harbiy boshliqlarining 1943-y. yanv. dagi anjumani. Gitlerchilarga karshi shu ittifoqchilarning 1943-y. ga moʻljallangan harbiy amaliyotlari muhokama qilingan. Kasablanka konferensiyasida mazkur ittifoqchilarning qoʻshinlarini Sitsiliyaga kiritish yuzasidan qaror chiqarilgan. Shim. Fransiyada 2-frontni ochish tadbirlari keyingi muddatga qoldirilgan.
Ensiklopediya.uz
KASABLANKA KONFERENSIYASI