KAS
KAS (Katz) Bernard (1911.24.3, Leypsig) — ingliz fiziologi. Leypsig un-tini tugatgan (1934). 1935-y. da Buyuk Britaniyaga koʻchib kelgan. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1952-y. dan) va uning vitse-prezidenti (1965-y. dan). Muskullarda bioenergetik potensiallarni va hujayra membranalarining fizikkimyoviy xususiyatlarini oʻrgangan. Nerv hujayralaridan muskul hujayralariga impulyelarning uzatilish mexanizmlarini aniqlagan, prostaglandinlarni kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1970, J. Akselrod va U. Eyler bilan hamkorlikda).
Ensiklopediya.uz
KAS