KARSIVADZE Georgiy Sergeyevich

KARSIVADZE Georgiy Sergeyevich

KARSIVADZE Georgiy Sergeyevich (1899.10.1, Batumi – 1951.27.2, Toshkent) — opera xonandasi (dramatik bariton), Oʻzbekiston xalq artisti (1945). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1914). Tbilisi opera va balet teatrida (1918— 29), Qozon, Perm, Gorkiy teatrlari (1929—34), 1934 — 47 y. larda Toshkent Rus opera va balet teatri, 1948-y. dan Navoiy nomidagi teatr yakkaxon xonandasi. Shu teatrda Grigoriy Jeleznoye (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, «Boʻron»), Mazepa (P. Chaykovskiy, «Mazepa»), Mizgir (N. Rimskiy-Korsakov, «Qor qiz»), Knyaz Igor (A. Borodin, «Knyaz Igor»), Rigoletto (J. Verdi, «Rigoletto») kabi asosiy partiyalarni ijro etgan.

Ensiklopediya.uz
KARSIVADZE Georgiy Sergeyevich