KARRALI NISBATLAR QONUNI

KARRALI NISBATLAR QONUNI

KARRALI NISBATLAR QONUNI — kimyoning asosiy qonunlaridan biri. Ikki element oʻzaro birikib, bir birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir necha elementning massa miqdoriga toʻgʻri keladigan ikkinchi element miqdori oʻzaro oddiy karrali sonlar nisbatida boʻladi; mas, metan (SN4) tarkibida 75% uglerod va 25% vodorod boʻlib, unda 1 massa qism vodorodga 3 massa qism uglerod toʻgʻri keladi, yaʼni 3:1. Etilen (S2N4) tarkibida esa 85,71% uglerod va 14,29% vodorod bor; bu moddada 1 massa qism vodorodga 6 massa qism uglerod toʻgʻri keladi, yaʼni 6:1. Demak, bu birikmalardagi uglerod mikdorining vodorod miqdoriga nisbati 3:6 yoki 1:2 ga toʻgʻri keladi. Bu qonunni 1803-y. da ingliz kimyogari va fizigi J. Dalton aniqlagan.

Ensiklopediya.uz
KARRALI NISBATLAR QONUNI