KARNAYCHI KUSHLAR

KARNAYCHI KUSHLAR

KARNAYCHI KUSHLAR (Psophiidae) – turnasimonlar turkumining bir oilasi. Ogʻirligi 1 —1,5 kg. Oyogʻi uzun, tumshugʻi qisqa, baquvvat. Patlarining rangi koʻproq qoramtir baxmalsimon. Jan. Amerikaning shim. qismida yashaydi. 1 urugʻ va 3 turi bor. Daraxtlarning shoxlari va kovaklariga uya quradi. 5 — 7 ta oq rangli tuxumlarini modasi bosadi. Sernam oʻrmonlarda gala boʻlib yashaydi. Yerda tez chopadi, kam uchadi. Mevalar, har xil hasharotlar, xususan, chumolilar va ikki qanotlilar bilan oziqlanadi. Karnaychi kushlar q – uy parrandalariga tez oʻrganadi. Tutqunlikda koʻpayishi ham mumkin. Goʻshti mazali boʻlgani tufayli aholi yashaydigan yerlarda qolmagan.

Ensiklopediya.uz
KARNAYCHI KUSHLAR