KARLSBAD GʻORLARI
KARLSBAD GʻORLARI — AQSHdagi karst gʻorlari. Guadalupe togʻlarida (Qoyali togʻlarningjan. qismi), NyuMeksiko shtatida, Karlsbad sh. dan jan.gʻarbda joylashgan. Boʻshliqlari (ungurlari)ning hajmi jihatidan dunyoda eng yirik. Chuq. 339 m gacha, oʻrganilgan qismidagi barcha oʻtish joylari va zallarining umumiy uz. 60 km. Eng katta zali T harfi shaklida. Gʻorlarda koʻrshapalakning 10 dan ortiq turi yashaydi. Zallarining kattaligi, ulkan stalagmitlar, ungurlarining chiroyi koʻplab turistlarni oʻziga jalb etadi. 1930-y. dan milliy park deb eʼlon qilingan.
Ensiklopediya.uz
KARLSBAD GʻORLARI