KARIOLOGIYA
KARIOLOGIYA (kario… va… logiya) — sitologiyaningir boʻlimi; hujayra yadrosi va uning tuzilmalari (yadrocha, xromosomalar, yadro membranasi va b.)ni optik va elektron mikroskopiya, sitokimyo, izotop indikatorlar usullari yordamida oʻrganadi. Kariologiya 19-a. oxiri 20-a. boshlarida hujayra yadrosining irsiyatdagiyetakchi roli aniqlanganidan soʻng paydo boʻldi. Yadro tuzilmalarining interfaza va hujayraning boʻlinishi (q. Amitoz, Mitoz, Meyoz, Endomitoz) davrida mikroskopik va submikroskopik tuzilishi, ayniqsa, xromosomalar reduplikatsiyasi qonuniyatlarining aniqanishi Kariologiyaning asosiy yutugʻi hisoblanadi. Genetika va Kariologiya asosida sitogenetika paydo boʻlgan. Kariologiya sitogenetika, rivojlanish biologiyasi, molekulyar biologiya bilan birga hujayra tuzilmalarining rivojlanishi va ixtisoslashuvi jarayonida xromosomalar va ular ayrim qismlarining shakllanishi hamda funksiyasi qonuniyatlarini oʻrganadi. Xromosomalar va ularni tashkil etgan tuzilmalar tarkibini oʻrganish Kariologiyaning eng aktual muammosi hisoblanadi. Har xil yoki bitta turga mansub organizmlar kariotiplarini qiyoslash asosida tur doirasida kariotiplarning oʻzgarmasligi prinsipining aniklanishi kariosistematikaning paydo boʻlishiga olib keldi. 20-a. ning 50-y. larida odam K. sining rivojlana boshlashi bilan bir qatorda irsiy kasalliklarnit xromosomalar b-n bogʻlikligi aniqlandi (q. Tibbiyot genetikasi, Odam genetikasi). K., sitologiya, sitosistematika, sitogenetika sohasidagi maqolalar Florensiya unti tomonidan nashr etilayotgan «Caryologia» (1948-y. dan) xalqaro jur. da chop etiladi.
Ensiklopediya.uz
KARIOLOGIYA