KARIMOV Jamol Xudoyberdiyevich
KARIMOV Jamol Xudoyberdiyevich (1909.22.2 — Fargʻona — 1993.23.9,) — matematik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967); prof. (1962). 1935-y. da Oʻzbekiston un-tini tugatgan. Fargona pedagogika in-ti matematika kafedrasi mudiri (1940 — 43), ToshDU mat. kafedrasi dotsenti, Oʻzbekiston FA matematika, va mexanika in-tida boʻlim boshligʻi (1943—50), Fargʻona pedagogika inti fizika-matematika f-ti dekani (1950-y. dan), matematik analiz kafedrasi mudiri (1962-y. dan). Ilmiy ishlari chizikli boʻlmagan differensial tenglamalar nazariyasiga oid. Fargona pedagogika inti matematika f-tiga Karimov nomi berilgan (1994).
Ensiklopediya.uz
KARIMOV Jamol Xudoyberdiyevich