KARFAGEN

KARFAGEN

KARFAGEN (finikiycha Kartadasht — yangi shahar) — Shim. Afrikadagi qad. shahar-davlat (hrz. Tunis sh. atrofi). Finikiylar tomonidan mil. av. 825-y. da barpo qilingan. Karfagen mil. av. 3-a. ning boshiga kelib Shim. Afrika, Sitsiliya (Sirakuzadan tashqari), Sardiniya va Jan. Ispaniyani bosib olgach, Oʻrta dengiz boʻyidagi qudratli davlatga aylangan, bu esa u bilan Rim oʻrtasidagi toʻqnashuvni keltirib chiqargan. Puni urushlari (mil. av. 264—146-y.)dagi magʻlubiyatdan keyin Karfagen rimliklar tomonidan vayron qilingan (146), uning asosiy hududi Rimning Afrika viloyati tarkibiga kiritilgan, qolgani Numidiyaga berilgan. Karfagen sanʼati va madaniyatiga oid moddiy madaniyat yodgorliklari oz miqdorda saqlanib qolgan.

Ensiklopediya.uz
KARFAGEN