Kardiomagnil tabletka — qon suyultiruvchi
Kardiomagnil tabletka — qon suyultiruvchi
DO`STLARGA ULASHING:
?Kardiomagnil tabletka — qon suyultiruvchi va yurak kasalliklarida qabul qilinadi.
Analoglari — trombopol , trombo Ass , aspirin
#Kardiomagnil 75
#Кардиомагнил 75?Dori shakli : tabletka
?Tarkibi : ?
* Atsetilsalitsil kislotasi
* Magniy gidroksid?Ta’sir qilishiga ko’ra ?
Qon suyultiruvchi , yurak faoliyatini normallashtiruvchi vosita hisoblanadi.
?QO’LLANILISHI ?
— Beqaror stenokardiya kasalligida
— O’tkir miokard infarkti kasalligida qabul qilinadi
— Miokard infarktining ikkinchi marta qaytalanmasligi uchun profilaktika maqsadida
— Qon aylanishi buzilganda
— Bosh miyada qon aylanishi buzilganda , ya’ni qon yaxshi aylanmaslik holatlarida
— Operatsiyadan keyingi tromboz holatlarida , ya’ni qon tomirlarda tromb bo’lganda qabul qilinadi
— Aorta koronar shunt yurakka qo’yilgandan keyingi holatlarda
— Yurak qon tomir kasalliklarida
— Yurak sanchiqlari holatlarida
— Qonni suyultiradi
?QO’LLASH USULI ?
Preparatni ovqatdan oldin yoki ovqatlangandan keyin 1 soatdan o’tgach 1 ta tabletka qabul qilinadi. ( kechga uxlashdan oldin ) .
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Jig’ildon qaynashi
— Qorinda og’riq bo’lishi
— Qon bosim tushib ketishi ( agarda kunlik doza miqdoriga amal qilmasa ,ya’ni ko’p qabul qilinsa )
— Qonda qand miqdori kamayib ketishi
— Gemorragik vaskulit
— Me’da ichak sistemasidan qon ketishi ( agar me’da shilliq qavati yallig’langan bo’lsa yoki gastrit bo’lsa )
— Kolit
— Uyqusizlik❌Qo’llash mumkin emas ?
— Pteparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Me’da ichakdan qon ketish holatlarida
— Gastritda
— Gemofiliya kasalligida ( qon ketganda to’xtovsiz qon ketishi kasalligi )
— Vitamin K organizmda defitsit , ya’ni kamayganda
— O’tkir me’da yarasida
— Og’ir buyrak yetishmovchiligida
— Xomiladorlik va emizish davrida mumkinmas
— Bolalarga va 18 yoshdan kichiklarga ham tavsiya qilinmaydi.
— Bronxial astmada qabul qilish mumkinmas.? ADMIN MASLAHATI ?
?Kardiomagnil preparati qonni suyultirish bilan birga , yurakka davolovchi ta’sir eruvchi vosita hisoblanadi.
?Kardiomagnil 75 mg va 150 mg dozada chiqariladi. 75 mg li dozasini qabul qilganingiz ma’qul . Chunki 150 mg li dozaligi ni kasallikning o’tkir davrida qabul qilinadi.
Boshqa oddiy holatlarda esa 75 mg li dozasini qabul qilgan ma’qul .?Preparat yana qo’shimcha og’riq qoldiruvchi , yallig’lanishga qarshi va isitma tushiruvchi ta’sirga ham ega.
?Preparat qondagi qand miqdorini tushiradi. Qandli diabetda mumkin. Lekin qondagi qand miqdori past bo’lsa preparatni qabul qilishni to’xtatish kerak.
?Preparat qon bosimni tushiradi , shu sabab qon bosimi juda past yuradiganlarda mumkinmas.
?Qo’llash — retseptsiz
?Ishlab chiqaruvchi — Germaniya , Rossiya , Daniya
Kardiomagnil tabletka — qon suyultiruvchi