KARBON KISLOTALAR

KARBON KISLOTALAR

KARBON KISLOTALAR – tarkibida karboksil guruh saqlovchi organik birikmalar. Karboksil guruh bilan bogʻlangan radikalga qarab Karbon kislotalar alifatik (toʻyingan, toʻyinmagan) , alitsiklik, aromatik va geterotsiklik boʻlishi mumkin. Karboksil guruhning soniga qarab bir, ikki va koʻp asosli yoki molekulasiga — ON, =SO, N, kabi guruhlar kirishiga qarab oksi-, keto – va amino – K. k. deb ataladi. Karbon kislotalar koʻpincha, anʼanaviy (trivial) nom bilan ataladi: sirka, salitsil, moy, kapron, valerian kabi kislotalar kuchsiz boʻlib, dissotsialanish konstantasi 1,410 5 atrofida. Lekin karboksil guruhi elektrofil radikal bilan bogʻlangan boʻlsa, uning kislotalik kuchi ortadi, mas, benzoy kislota (S6N5SO-ON), propiol kislota (NS=S-SOON) va b.

Ensiklopediya.uz
KARBON KISLOTALAR