KARAT
KARAT, qirot (ital. carato — dukkakli daraxt donining massasi) — birliklar tizimiga kirmagan massa birligi. Zargarlik ishlarida qimmatbaho toshlar va durlarning massalarini aniklashda qoʻllaniladigan oʻlchov birligi. Dastlab har bir davlatning oʻz. Karati boʻlgan. Mac, Braziliya K. i. —192 mg, Hindiston K. i — 205,5 mg, Misr K. i — 165 mg, Gollandiya K. i — 205,1 mg. Oʻlchovlar va tarozilar boʻyicha Bosh anjuman 1907-y. da Parijda yagona Karat birligi — 2-104 kg (200 mg) ga teng deb qabul qilgan.
Ensiklopediya.uz
KARAT