Karantinda o‘tirgan dizaynerlar pitssa va oyoq kiyimlar qutisidan bejirim sumkalar yasamoqda (foto)

Karantinda o‘tirgan dizaynerlar pitssa va oyoq kiyimlar qutisidan bejirim sumkalar yasamoqda (foto)

Daryo
  • Internet-nashr
  • Tahririyat haqida
  • Aloqa ma’lumotlari
  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati
  • Yangiliklar arxivi
  • Instagram | Rasmiy
  • Instagram | Lifestyle
  • Instagram | Sport
  • Facebook | Rasmiy
  • OK | Rasmiy
  • YouTube
  • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
  • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
  • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
  • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
  • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
  • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

Yosh bo‘yicha cheklov

Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

Tahoratga doir fatvolar (“Ming bir fatvo”, 1-qism)

Tahorat qilayotganda ko‘zlar qattiq yumilmaydi. Aks holda ko‘z atroflariga suv yetmasligi natijasida tahorat chala bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘zlar erkin yumib turiladi. Ochib ichiga suv yetkazish shart emas.

«Olamgiriya», «Sirojiya», «Qozixon», «Muhit»

2- FATVO

Tahorat va g‘uslda oyog‘i shol odam garchi kesganda ham sezmaydigan bo‘lsa-da, yuvishi vojibdir.

«Olamgiriya», «Tatarxoniya», «Yatima»

3- FATVO

Oyoqlarini yog‘lagandan so‘ng yuvsa, yog‘ suvni ostiga o‘tishga to‘sqinlik qilsa ham tahorati durust hisoblanadi.

4- FATVO

Bir a’zodagi suvni ikkinchi a’zoga ko‘chirib yuvish tahoratda mumkin emas, g‘uslda mumkin. Lekin boshqa a’zoga olib o‘tilayotgan suv mo‘l bo‘lib, tomchilab turadigan bo‘lishi shartdir.

5- FATVO

Yomg‘ir ostida qolgan yoki oqin ariqqa tushib ketgan kishining hamma a’zosiga suv yetgan bo‘lsa tahoratga ham, g‘uslga ham o‘tadi. Faqat og‘zi bilan burnini chayib olishi kerak bo‘ladi.

6- FATVO

Boshiga mash tortish o‘rniga uni yuvsa ham mash o‘rniga o‘tadi, lekin bu ishi makruh sanaladi.

7- FATVO

Suv bilan istinjo qilishdan oldin ham, undan keyin ham ikki qo‘lni uch marta yuvish kerak. «Bismilloh»ni avratni ochmay turib bir marta, istinjodan keyin avratni yopgandan keyin yana bir marta aytgani afzaldir.

8- FATVO

Misvok ishlatish erkaklar uchun sunnat. Ayollarning saqich chaynashi misvok o‘rniga o‘tadi.

«Olamgiriya», «al – Bahrar – roiq»

9- FATVO

Tahoratda har bir a’zoni uch martadan yuvish sunnat. Agar uch marta to‘liq yuvganiga shak-shubha qilsa yoki tahorat ustiga tahorat bo‘lsin deb niyat qilib uch martadan ko‘p yuvsa joizdir.

«Olamgiriya», «Nihoya», «as – Siroj al – vahhoj»

10- FATVO

Bo‘yinga mash tortish — mustahab. Lekin tomoqqa mash tortish — bid’at.

«Olamgiriya», «al – Bahr ar – roiq»

11- FATVO

Masjidda muayyan bir joyni o‘zi uchun xoslab olish makruh bo‘lganidek, tahorat qilish uchun o‘ziga xos idish tutish ham makruhdir.

«Olamgiriya», «al – Vajiz»

12- FATVO

Qulog‘idan yiring oqsa, qaraladi — agar og‘riq bilan oqsa tahorat sinadi. Og‘riq bo‘lmasa sinmaydi. Zero, og‘riq quloq ichidagi jarohatdan dalolatdir.

«Olamgiriya», «Muhit», «Zaxira», «Sirojiya»

13- FATVO

Egarsiz ulovga mingan odam uxlab qolsa, qaraladi — agar tekkislikda yoki balandlikka chiqib ketayotgan bo‘lsa, tahorati sinmaydi. Bordi-yu, pastlikka tushayotgan bo‘lsa, tahorati sinadi. Egarda uxlab qolsa tahorati sinmaydi.

14- FATVO

CHo‘zilib yotgan holda mudrash ikki xil bo‘ladi: Biri — qattiq mudrash bo‘lib, odamlarning gurungini eshitmay, anglamay qoladi. Bunda tahorat sinadi. Ikkinchisi — yengil mudrash bo‘lib, odamlarning gurungini eshitib yotadi. Bunda tahorat sinmaydi. Uxlagandan yoki yel chiqqandan keyin tahoratni yangilaganda suv bilan «istinjo» qilinmaydi.

«Olamgiriya», «Muhit», «Zaxira», «Qozixon»

15- FATVO

G‘uslda kindik ichiga barmoq bilan suv kiritib yuvish ham vojib amallardandir.

16- FATVO

G‘usl oldidan tahorat qilganda boshiga mash tortadi. Undan keyin boshiga suv quyib barcha a’zolarini uch bor yuvadi.

«Olamgiriya», «az – Zohidiy»

17- FATVO

G‘usl qilmoqchi bo‘lgan odam niyatni dilida qilib, tili bilan ham aytadi va qo‘lini yuvish oldidan «Bismilloh»ni aytadi va istinjo qiladi.

«Olamgiriya», «al – Javhara an – Nashira»

18- FATVO

G‘uslda suvni ortiqcha isrof qilmaslik, shuningdek, haddan ziyod tejab yubormaslik, qiblaga yuzlanmaslik sunnat darajasidagi amallardandir.

19- FATVO

G‘uslda har bir a’zoni uch martadan yuvish, birinchi martasida ishqalab yuvish, yuvinish asnosida imkoni boricha gapirmaslik, yuvinib bo‘lgach, sochiq bilan artinish sunnat amallardandir.

20- FATVO

Junub kishi uxlashdan oldin g‘usl qilib olgani yaxshi. Lekin namoz vaqti yaqinlashgunga qadar uxlab olsa yoki ikki qo‘li va og‘zini yuvib ovqatlansa zarari yo‘q.

21- FATVO

Janobatdagi odam namoz vaqti kirgunga qadar g‘usl qilmay tursa gunohkor bo‘lmaydi. Zero, tahoratsiz odamga tahorat qilish, janobatdagi va hayz yoki nifosdan chiqqan ayolga g‘usl qilish namoz o‘qish yoki boshqa tahoratsiz qilib bo‘lmaydigan amallarni bajarish oldidan vojib bo‘ladi.

«Olamgiriya», «al – Bahr», «Muhit»

22- FATVO

Ishlatilgan suv (obi musta’mal) Imom Muhammad (rh.) nazdida pok, tahoratli odamning qo‘l, oyoq yoki badaniga yopishgan loy, xamir yoki kirlarni ketkazish uchun ishlatgan suvi «obi musta’mal»ga aylanmaydi. Demak, uni tindirib, yana ishlatsa bo‘ladi. Salqinlash maqsadida cho‘milishga ishlatgan suvi ham musta’mal hisoblanmaydi, balki tahorat, g‘usl, najosatni ketkazish kabilar uchun ishlatilgan suv Imom Muhammad (rh.)dan boshqalar nazdida nopoklik sifatini oladi.

23- FATVO

Janobatdagi odam g‘usl qilayotganda sachragan suv idishdagi suvga tushsa zarari yo‘q. Ammo badanidan oqayotgan suv idishga quyilib tushsa uni nopok qiladi.

24- FATVO

Agar inson qo‘lining kaftini mushuk yalagan bo‘lsa, qo‘lini yuvib namoz o‘qishi lozim bo‘ladi. Aks holda namozni makruhlik bilan ado etgan bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Qozixon», «Tabyin»

25- FATVO

Insonning sochi tig‘ bilan yoki qaychi bilan qirqib olinsa u toza hisoblanadi. Yulib olingan soch nopokdir.

26- FATVO

Sichqon mushukdan qochib ketayotib, idish ustidan sakrab o‘tsa, idish ichidagi suv nopok bo‘ladi. Zero, u odatda mushukdan qo‘rqqanidan siyib yuborgan bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Muhit», «Xulosa»

27- FATVO

Bir marta ishlatilgan suv (obi musta’mal) Imom Abu Hanifa va Abu Yusuf (rh.)lar nazdida najas, ya’ni nopok hisoblanadi. Imom Muhammad (rh.) nazdida esa pokdir. Lekin shunga qaramay, obi musta’mal bilan ho‘l qilingan sochiq yoki badandan tomchilab tushib ivitib yuborgan kiyim bilan namoz o‘qish har uch imom nazdida ham joizdir.

28- FATVO

Tayammum qilishda “bismilloh”ni o‘qib, ikki qo‘l barmoqlarini ochiq tutgan holda panjalarining oldi va orqasi bilan tuproqqa urgandan keyin qo‘llarni bir-biriga ishqalab, yopishgan changlarni yengillatish, oldin yuzga, so‘ngra ikki qo‘lning tirsaklarigacha surtib chiqish sunnat hisoblanuvchi amallardandir.

«Olamgiriya», «Bahrur – roiq»

29- FATVO

Ota bilan o‘g‘ilda faqat bir kishiga yetadigan suv bo‘lsa, u bilan ota tahorat qiladi, o‘g‘li esa, tayammum bilan kifoyalanadi.

30- FATVO

Oyoq kiyimiga mash tortishning shartlaridan biri — poyafzalning eng kami uch kunlik safarga yaraydigan bo‘lishidir. Yana bir sharti — poyafzal oyoqning oshiqdarini yopib turishidir. Oshiqdan ustki qismi yopilgan bo‘lishi shart emas.

31- FATVO

Bir oyog‘ida jarohat bo‘lib, uni yuvish va mash tortishning iloji yo‘q bo‘lsa, ikkinchi oyog‘iga mash tortishi mumkin. Shuningdek, oyog‘ining oshig‘idan pastki qismi kesib tashlangan kishi ham ikkinchi oyog‘ini yuvishi va poyafzal ustidan mash tortishi mumkin. Kesilgan joyda uch barmoq miqdori joy qolgan bo‘lsa, o‘sha joyga mash tortadi. Undan kam bo‘lsa tortmaydi.

32- FATVO

Janobatdan g‘usl qilganda badanida tangadek joy suv tegmay quruq qolgan bo‘lsa, o‘sha joyini poyafzal kiygandan keyin yuvsa, hadas yetgandan keyin tahorat qilganda poyafzalga mash tortaveradi.

33- FATVO

Tahorat qilganda tangadek joy yuvilmay qolgan bo‘lsa, to o‘sha joy yuvilmaguncha oyoq kiyimini kiyib, mash tortishi joiz emas.

34- FATVO

Yara ustidagi matohga (bintga) mash tortish uning ostini yuvish bilan barobardir. Shunga ko‘ra, bir oyog‘iga mash tortib, ikkinchi sog‘ oyog‘ini yuvgan odam har ikki oyog‘ini yuvgan bo‘ladi.

35- FATVO

Bir oyog‘idagi jarohat ustiga mash tortgach, ikkinchi oyog‘ini yuvib, shu sog‘ oyog‘iga poyafzal kiyib olsa, keyingi tahorat qilganda mash tortishi joiz emas. Ammo ikkala oyog‘iga poyafzal kiyib olsa, mash tortaveradi.

«Qozixon», «Olamgiriya», «Muhit»

Z6- FATVO

Oyoq kiyimlariga mash tortib qo‘yishni boshqa kishiga buyursa ham joizdir.

37- FATVO

Tug‘ilgan ikki chaqaloq egizak hisoblanishi uchun ikkinchi chaqaloq ikki oydan kam muddatda tug‘ilgan bo‘lishi shart. Agar ikkisining oralig‘idagi muddat olti oy yoki undan ko‘p bo‘lsa, ular ikki homila va ikki “nifos” bolalari hisoblanadi.

38- FATVO

Hayzdagi ayol, shuningdek, junub kishiga Qur’on oyatlaridan o‘qish taqiqlanadi. Lekin turli xil duolar, azon javobi, “qunut duosi” kabilarni o‘qish mumkin.

«Olamgiriya», «Zahiriya», «Sirojiya»

39- FATVO

Junub kishilar hayz va nifosdagi ayollar o‘qimasdan Qur’on oyatlariga qarashlari mumkin. Ularga oyatlarni yozish ham joiz emas.

«Olamgiriya», «Javhara», «Zaxir»

40- FATVO

Burnidan yoki yarasidan tinmay qon oqayotgan kishi namozni oxirgi vaqtigacha kutadi. Qon to‘xtasa xo‘b, yo‘qsa, vaqt chiqib ketmasidan oldin tahorat qilib namozni o‘qiyveradi.

41- FATVO

Idishdagi moyga sichqon tushgan bo‘lsa, qaraladi – agar quyuq, qotgan moy bo‘lsa, atrofidagi tegib turgan moylari bilan qo‘shib sichqonni olib tashlansa, qolgan moy toza hisoblanadi. Bordi-yu, moy suyuq bo‘lsa, u nopok bo‘ladi va uni ovqatdan boshqa yeyilmaydigan narsalarga ishlatiladi.

42- FATVO

Hojatxonadagi pashshalar kiyimga qo‘nsa, zarari yo‘q. Ammo ular ko‘p bo‘lsa kiyimni nopok qiladi.

43- FATVO

Nopok tuproqni suvga yoki nopok suvni tuproqqa aralashtirib loy qilinsa, u najas hukmidadir. Lekin shu loydan yasalgan idishlarda pishirilgan ovqat toza hisoblanadi.

«Olamgiriya», «Qozixon», «Xulosa»

44- FATVO

Sut sog‘ib turganda hayvonning qumalog‘i sutga tushsa, darhol olib tashlansa sut nopok bo‘lmaydi. Ammo u titilib ketsa idishdagi bor sut nopok bo‘ladi.

45- FATVO

Istinjoda adad belgilanmagan, balki bir martada toza bo‘lsa, shuning o‘zi kifoya. Ammo uch martada ham toza bo‘lmasa, istinjo chala qilingan bo‘ladi.

«Sirojiya», «Olamgiriya», «Muzmarot»

46- FATVO

Istinjoda faqat chap qo‘lidan foydalanadi. Uzrli holatlardagina o‘ng qo‘l ishlatiladi. Olatdan siydik chiqmay qolgunga qadar chap qo‘lda kesak kabi namlikni o‘ziga tortadigan narsani tutish vojibdir. Bu «istibro» deyiladi.

«Olamgiriya», «Zohidiy», «Zahiriya»

47- FATVO

Har kim istibroni ko‘ngli qaror topgunga qadar davom ettiradi. So‘ngra shaytonning vasvasasiga parvo qilmaslikka harakat qiladi. Masalan, tahorat qilib namoz o‘qib turganida soniga sovuq narsa tekkandek bo‘ladi. Ko‘pincha bu siydik tomchisi bo‘lmay, shaytonning chalg‘itish uchun qilgan ishi bo‘ladi. Shuning uchun suv bilan istinjo qilgan paytda olati va sonlariga suv sepib qo‘yish tavsiya etiladi. Shunday qilganda shayton vasvasa qila olmay qoladi.

«Olamgiriya», «Qozixon», «Muzmarot», «Zahiriya»

48- FATVO

O‘zi tahorat qilishga qodir bo‘lmagan bemorga o‘g‘li yoki birodari tahorat qildirib qo‘yadi. Lekin xotini bo‘lmasa, istinjo qildirilmaydi. Bu uning zimmasidan soqit bo‘ladi. Bemor ayol hukmi ham xuddi shunday. Unga qizi yoki opa-singlisi tahorat qildiradi. Lekin istinjo soqit bo‘ladi.

«Olamgiriya», «Muhit», «Qozixon»

49- FATVO

Hojatxonaga chap oyoq bilan kirib o‘ng oyoq bilan chiqiladi. U yerda gapirilmaydi, salomga alik olinmaydi, azonga, aksirgan kishiga javob aytilmaydi, o‘zi aksirsa dilida «alhamdu lilloh» deydi, tilini qimirlatmaydi, avratiga, axlatiga qaramaydi, tupurmay, burnini qoqmay, yo‘talmay, ko‘zini osmonga qaratmay o‘tiradi. Hojatxonada iloji boricha uzoq o‘tirmaslikka harakat qiladi.

«Olamgiriya», «as – Siroj al – vahhoj»

50- FATVO

Quduqdan sichqon yoki qush o‘ligi topilsa, qaraladi — agar go‘shti aynib, hidlangan bo‘lsa, shu quduq suvi bilan tahorat qilib o‘qilgan uch kunlik namoz qayta o‘qiladi. Bordi-yu, aynimagan bo‘lsa, Abu Hanifa (rh.) so‘ziga ko‘ra, bir kecha kunduzgi namoz qayta o‘qiladi.

51- FATVO

Tovuqning yangi tuqqan tuxumi suvga tushsa, suvni nopok qilmaydi.

Izoh: Bu fatvoning ahamiyati shundaki, hech kim odatda tuxum tushgan suvni iste’mol qilmaydi. Lekin ayrim savodxonlar qozonga yoki idishga xom tuxumni chaqib oqizsa, u haromga aylanadi, chunki tuxum po‘chog‘ining ustki qismi nopok. Unga tegib tushgan suyuqlik ham nopok bo‘ladi , deb odamlarni shubhaga solayotganliklari ma’lum bo‘lgani uchun mazkur fatvoni topib yozishga to‘g‘ri keldi. Demak, tuxum po‘chog‘ining ustki qismi shar’an toza hisoblanar ekan.

52- FATVO

Daraxt tanasidan chiqqan va turli mevalardan siqib olingan suvlar bilan tahorat qilish mumkin emas.

53- FATVO

Junub kishi og‘zini chaymay turib, suv ichsa, qaraladi — agar u faqih bo‘lsa ichgan suvi og‘izni chayish o‘rniga o‘tmaydi. Zero, faqih kishi suvni og‘izning hamma joyiga tegadigan qilib ichmay, istihola bilan so‘rab ichadi. Ilmsiz kishi bo‘lsa, ichgan suvi og‘iz chayish o‘rniga o‘tadi. Zero, u so‘rib ichmay, og‘zini to‘ldirib xo‘plab ichadi. Natijada suv og‘izning hamma joyiga tarqaladi.

54- FATVO

Go‘shti halol hayvonlarning siydigi Imom Abu Hanifa (rh.) nazdida — najas, Imom Abu Yusuf (rh.) nazdida — yengil najas, Imom Muhammad (rh.) nazdida — toza hisoblanadi.

55- FATVO

Tovuq, o‘rdak, g‘ozdan boshqa go‘shti halol parrandalarning axlati toza hisoblanadi. Inson, it va yirtqich hayvonlarning axlati najasdir. Lochin, kalxat kabi yirtqich qushlarning axlati kiyimni benamoz qilmaydi. Pashsha, bit, burga qoni ham shunday.

56- FATVO

Bo‘ynida it yoki bo‘ri tishidan yasalgan taqinchoq osiqlik bo‘laturib namoz o‘qish mumkin.

57- FATVO

Qo‘yni so‘yganda pichoqqa yopishgan qonni uning yungiga artib qon izi ketkazilsa pichoq toza bo‘lur. Shuningdek, metalldan yasalgan qilich kabi boshqa tig‘li narsalar ham najosatdan tozalash uchun tuproq yoki latta bilan artiladi.

58- FATVO

Qo‘yning kallasi qonga belangan bo‘lsa-da, uni kuydirib, so‘ngra qozonga solib, qaynatib pishirilsa, sho‘rvasini ichish mumkin. Kalla uni palid qilmaydi.

59- FATVO

Go‘shtning ustiga so‘yilganda oqqan qondan tekkan bo‘lsa, uni yuvmasdan ishlatib bo‘lmaydi. Ammo go‘shtning o‘zida yoki tomirlarida qolgan qon bo‘lsa zarari yo‘q.

60- FATVO

Qozon qaynab turganda osmondan qush uchib kelib tushsa qozondagi hamma narsa palid (nopok) bo‘ladi, hammasi to‘kib yuboriladi. Ammo qaynamay sokin turganda tushsa, sho‘rvaning suvi to‘kib tashlanib, go‘shti yuvib qayta ishlataveriladi.

61- FATVO

Ikki qo‘li shol bo‘lib qolg‘an odam tahoratga ham tayammumga ham qodir bo‘lmasa, ikki bilagini tirsaklari bilai yerga, yuzini devorga surtib tayammum qilib, namoz o‘qishi mumkin.

«Qozixon», «Naf’ul – muftiy»

62- FATVO

Tahorat qilgandan keyin mo‘ylabini, sochini qirsa yoki tirnog‘ini olsa, tahorat qaytadan qilinmaydi.

63- FATVO

Tahorat yoki g‘usl qilganda badandagi mavjud kir ustidan yuvilsa, u suvni o‘z ostiga o‘tkazgani uchun tahorati ham, g‘usli ham joiz hisoblanadi. Ammo junub ayolning tirnoqlari ostidagi xamir yoki loysuvoq qilgan kishining tirnoqtari ostida qolgan loy qoldiqlari yoki bo‘yoq asoratlari suv o‘tkazishi to‘g‘risida ixtilof qilganlar. Ba’zi ulamolar suv o‘tkazadi deb fatvo berganlar. «Sirojiya» kitobida tirnoq ostida xamir qolgan bo‘lsa, g‘usl joiz emas, deyilgan.

64- FATVO

Junub kishiga g‘usl qilishdan oldin ovqatlanishga to‘g‘ri kelib qolsa, qo‘llarini yuvib, og‘iz va burnini suv bilan chayib ovqatlanishi mumkin.

65- FATVO

Junub kishi peshob qilmay turib g‘usl qilgan va namoz o‘qigan bo‘lsa namozi durust. Bordiyu, shundan keyin maniy qoldig‘i chiqib qolgudek bo‘lsa, Abu Hanifa bilan Muhammad (rh.)lar nazdida u g‘uslni qayta qiladi, Abu Yusuf (rh) nazdida esa, bu bilan g‘uslni ham, namozni ham takrorlamaydi.

66- FATVO

Ishtonbog‘ (yoki kamar) it yungidan qilingan bo‘lsa kiyimni benamoz qilmaydi.

67- FATVO

Safarda junub, hayzdan pok bo‘lgan ayol va mayyit birga bo‘lib qolsa va ularda bir kishining g‘usliga yarasha suv bo‘lsa, qaraladi – agar suv ulardan biriga qarashli bo‘lsa, o‘sha ishlatadi. Bordi-yu, suv uchoviga qarashli bo‘lsa, hammasi tayammum qilib, suvni ichishlari mumkin. Agar suv egasiz bo‘lsa, junub g‘usl, ayol tayammum qiladi. Mayyit ham tayammum qildiriladi.

68- FATVO

Istinjoni tahoratdan keyin qilsa, tahorati buzilmaydi.

69- FATVO

Tahorat qilgach, ikki oyog‘ini nopok yerga qo‘ysa, qaraladi – agar yer qattiq va quruq bo‘lib, uzoq turmay, darhol oyoqlarini u yerdan olsa zarari yo‘q. Ammo oyoqlari qurigan, yer esa nam bo‘lib, oyoqlariga o‘sha namlik o‘tsa, oyoqlarini yuvib olishi kerak bo‘ladi.

70- FATVO

Gul, qovun, tarvuz suvlari, sut, sirka kabi suyuqliklar toza hisoblanadi va ular bilan qo‘l va kiyimlar yuvilsa toza bo‘ladi, lekin ular bilan tahorat yoki g‘usl qilinmaydi.

71- FATVO

Tayammumni barcha yer jinsidan bo‘lgan narsalar bilan qilish mumkin. Masalan, qum, chang, tosh, ohak, surma, ganch, zirnix (margimush) yoqut, marjon, zumrad, feruza, g‘isht va boshqalar. Ammo kul, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, shisha, tuz, loy kabi narsalar bilan tayammum qilinmaydi. Imom Saraxsiy va Hussomiddin (rh.)lar so‘ziga ko‘ra, tog‘ tuzlari bilan tayammum qilish joiz, suv tuzlari bilan mumkin emas. Oltin, kumush, temir, mis kabi metallar yerdan olinib, buyum yasalmay turgan holatida ular bilan tayammum qilish mumkin.

«Sirojiya», «Naf’ul – muftiy»

72- FATVO

Qiz boladan to‘qqiz yoshga yetmay turib hayz qoni kelsa, u shar’an hayz hisoblanmaydi.

73- FATVO

Ro‘zador kishi tahoratda og‘zini g‘arg‘ara qilmay chayadi. Suv tomoqqa ketib qolish xavfi bo‘lgani uchun g‘arg‘ara qilish makruh hisoblanadi.

«Naf’ul – muftiy», «Hoshiyatul Viqoya»

74- FATVO

Qalin soqolli odam tahoratda soqoli ostiga suv yetkazishi shart emas, balki ustki qismini yuvib qo‘yaveradi. Ammo soqoli siyrak kishi soqol ostiga suv yetkazishi farz amallardan hisoblanadi. Lekin g‘uslda qalin soqol ostiga suv yetkazish shart. Matnlarda kelgan soqolning to‘rtdan biriga mash tortish masalasidan yuvish farzligiga o‘tilgan.

«Naf’ul – muftiy», «Sharh Niqoya», «Vadoye»

75- FATVO

Insonning badanidan chiqqan ter shar’an toza hisoblanadi. Ammo muttasil araq ichishga mubtalo bo‘lgan kishining teri najas hisoblanadi.

76- FATVO

Og‘iz to‘lib qayt qilish tahoratni sindiradi. Ammo ovqat oshqozonga yetib bormay turib qayt qilsa tahorat sinmaydi.

«Sirojiya», «Xazonatur – rivoyot»

77- FATVO

Baliqning ichidan chiqadigan qonga o‘xshash narsa qon hisoblanmaydi. U tozadir. Zero, qon oftobga tutilsa qorayishi kerak. Balikdan chiqqan narsa oftobda oqaradi.

78- FATVO

It suvga belanib silkinganida sachragan suv kiyimga tegsa qaraladi — agar suv it yungining ostigacha ivitgan bo‘lsa, kiyimga tekkan nopok suv miqdori bir dirham miqdoricha bo‘lsa kiyim nopok bo‘ladi. Bordi-yu, it yungining ustki qismigina ivigan bo‘lsa, sachragan suv kiyimni nopok qilmaydi.

«Naf’ul – mufshiy», «Jomeul – muzmarot»

79- FATVO

Kiyimking najosat tekkan joyi unutilib, uni topishning imkoni bo‘lmasa, kiyimning bir joyini qasd qilib yuvib qo‘yilaveradi. Shuningdek, donni yanchiyotgan eshaklar tezagini ajratib olib tashlash qiyin bo‘lgani tufayli bir qism donni olib yuvilsa yoki yuvmay ehson qilib yuborilsa yanchilgan donning hammasi poklangan bo‘ladi.

«Muxtasar», «Naf’ul – muftiy», «Xulosa»

80- FATVO

Gilam, palos kabi suvini siqib chiqarish mumkin bo‘lmagan narsalarga najas tekkan bo‘lsa, ularni bir kecha oqin suvga tashlab qo‘yish bilan poklanadi.

«Naf’ul – muftiy», «Fathul – Qadir», «Muxtasar»

81- FATVO

Asalga najas tushsa, uni poklash uchun asalga suv qo‘shib qaynatiladi. Suv bug‘lanib tamom bo‘lishi bilan yana suv quyib, ushbu jarayon uch marta takrorlanadi. Suvning miqdori o‘nga ikki, ya’ni asalning beshdan biricha suv qo‘shiladi.

82- FATVO

Badan, kiyim, idish va boshqa narsalarni poklash uchun ishlatiladigan vositalarning turlari ko‘pdir.

  1. Suv. Toza suv poklovchi vosita hisoblanadi. Binobarin, bir marta ishlatilgan suv «musta’mal» bo‘lib qolishi sababli uning poklash vositasi bo‘lish va bo‘lmasligida ixtilof qilingan. Abu Hanifa va Abu Yusuf (rh.)lar nazdida «musta’mal» suv najas hisoblanib, boshqa narsani poklay olmaydi. Muhammad (rh.) nazdida esa, u toza hisoblangani sababli boshqa narsani ham poklashga yaraydi.
  2. Suvdan boshqa sutoqlik turlari. Sirka, ishqor kabi suyuqliklarning suv o‘rniga o‘tish sharti – suyuq holatda bo‘lishi bilan birga najosatni ketkazuvchi, toza suyuqliklar sirasiga kiruvchi bo‘lishidir. Shunga ko‘ra, yog‘, sut, qon, siydik kabi narsalar hech narsani poklay olmaydi. O‘zi najosat, bo‘lgach, narsadagi najosatni ketkazgan taqdirda ham, baribir yuvilgan narsani nopok qilib qo‘yaveradi. Masalan, siydik bilan kiyimdagi qonni ketkazish mumkin. Lekin qon ketib, siydik asorati qolishi natijasida kiyim nopokligicha qolaveradi.
  3. Yerga surtish. Oyoq kiyimlari ostiga najosat tegsa, Abu Hanifa bilan Abu Yusuf (rh.)lar nazdida yerga ishqash bilan poklash mumkin. Imom Muhammad, Zufar, Shofiiy, Molik (rh.)lar nazdida faqat suv bilan yuvish bilan poklanadi. Qurigandan keyin belgisi qolmaydigan suyuq najosatlar faqat suv bilan yuvib poklanadi. Lekin qaysi vosita bilan bo‘lsa-da, najosatning hidi, rangi qolmaguncha tozalansa har qanday narsa toza bo‘laveradi, deb ittifoq etilgan.
  4. Ishqalash. Kiyimda qurib qotib qolgan maniy ishqalab tashlash bilan ham pok bo‘ladi.
  5. Tuproq. Shisha, pichoq va boshqa qattiq metaldan yasalgan silliq asboblar yerga, tuproqqa yoki boshqa matohlarga artish va ishqash bilan poklanadi.
  6. Matoh bilan artish. Qon olingan a’zodagi qon yuqini latta, paxta, bint kabi narsalar bilan artib poklash mumkin.
  7. Olov. So‘yilgan hayvon kallasi qonga belangan bo‘lsa-da, olovda kuydirilsa u poklangan holda pishadi. Uning sho‘rvasi ham halol. Qizigan tandirga nopok suv sepib quritilgach, pishirilgan non toza hisoblanadi. Temirdan yasalgan asboblarga tekkan najosat ham olov bilan poklanadi.
  8. Bir jinsdan boshqa jinsga aylanish. Aroq sirkaga aylantirilsa halol bo‘ladi. Tuz koniga singib ketgan eshak, cho‘chqa kabi hayvonlar bilan tuz nopok bo‘lib qolmaydi. Bu Abu Hanifa bilan Muhammad (rh.)lar nazdida shunday. Ammo Abu Yusuf (rh.) nazdida tuz nopok bo‘ladi. Fatvo oldingi hukmga berilgan.
  9. Kesish. Taxta, yog‘och kabi narsalarning najosat tekkan joyi kesib tashlansa qolgan qismi pok hisoblanadi.
  10. Yerni haydash. Najosat tushgan yerni chopish, haydash, ag‘darish kabi ishlov bilan poklash mumkin.
  11. O‘yib olib tashlash. Masalan, qotib qolgan yog‘, moy, qaymoq kabi narsalarga sichqon yoki boshqa palid narsa tushsa, o‘sha narsani atrofi bilan o‘yib olib tashlansa, qolgani pok hisoblanadi.
  12. Oqin hovuz. Kichik hajmdagi hovuzga suv bir tomondan kirib, ikkinchi tomondan chiqib ketayotgan bo‘lsa, unga najas tushsa nopok qilmaydi.
  13. Oshlash. O‘limtik va go‘shti harom hayvonlarning terisi oshlash bilan toza bo‘ladi. O‘limtikning yungi, suyagi, payi ham toza hisoblanadi. Terisi oshlashni qabul qilmaydigan hayvonlar terisi poklanmaydi. Masalan, ilon, sichqon kabilarning terisi oshlashni qabul qilmaydi. Itning o‘zi toza yoki najas ekanida ixtilof qilingan. Ko‘pchilik ulamolar toza deganlar. Shuningdek, uning terisi najas, yungi esa toza deyilgan.
  14. «Bismilloh» bilan so‘yish. Go‘shti yeyilmaydigan (cho‘chqadan boshqa) hayvonlarni musulmon odam «Bismilloh» bilan so‘ysa terisi, go‘shti toza bo‘lib qoladi. Ammo yeyish uchun halol bo‘lmaydi.
  15. Yerning qurishi. Yerga najosat tushgan bo‘lsa, qurib asorati ketishi bilan yer toza bo‘ladi. Imom Zufar, Ahmad va Shofiiy (rh.)lar nazdida yuvilmaguncha toza bo‘lmaydi. Yerga yopishgan, masalan devor, daraxt, giyoh, qamishga o‘xshagan narsalar ham xuddi shunday. Shag‘al hukmi ham tuproq kabidir. Agar daraxt yoki qamishdan kesib yoki sindirib olinsa va unga najas tegsa faqat yuvish yoki kesib tashlash bilan toza bo‘ladi. Yerga yotqizib terilgan g‘ishtlar ham yer hukmidadir.
  16. Suvini chiqarish. Quduq suviga najas tushsa belgilangan miqdorda suv olib tashlash bilan quduqdagi qolgan suv pok hisoblanadi.
  17. Taqsimlash. Donni yanchiyotgan hayvonlar siydigi aralashib ketgan don taqsimlab olinsa yoki bir qismini olib yuvilsa yoxud birovga berib yuborilsa, qolgan qismi halol hisoblanadi.
  18. Bir qismini yuvish. Agar kiyimning bir joyiga najas tegsa, keyin uning qaysi joy ekani ma’lum bo‘lmasa, bir joyni qasd qilib yuvilsa, qolgan qismi ham toza hisoblanadi.

83- FATVO

Kiyimning yupqaligidan yirtilib ketmasin deb yuvganda siqmagan bo‘lsa ham zarurat yuzasidan joiz bo‘ladi.

«Naf’ul – muftiy», «ad – Durrul – muxtor»

84- FATVO

Zamzam suvi bilan g‘usl qilish joiz, lekin istinjo qilish makruhdir.

«Naf’ul – muftiy», «ad – Durrul – muxtor»

85- FATVO

Dasht, sahro joylardagi toshlar ustiga siyish, ular bilan istinjo qilish joiz emas. Zero, toshli joylar jinlar maskani hisoblanadi. Shuningdek, suyak va tezaklar bilan ham istinjo qilinmaydi. Zero, suyaklar jinlar ozuqasi, tezaklar esa ulovlarining ozuqasidir.

86- FATVO

Qasddan betahorat namoz o‘qigan kishi kofir bo‘ladi. Imom Halvoniy so‘ziga ko‘ra, tahoratning farzligini bilib turib, betahorat namoz o‘qigan kishi zindiq bo‘ladi.

87- FATVO

Hayz ko‘rgan ayol har bir namoz vaqti kirganda tahorat olib kelib har kuni o‘qiydigan joyiga o‘tirib, bir namoz o‘qiganchalik vaqt mobaynida tasbeh, tahlil o‘qib o‘tirishi mustahab amallardan hisoblanadi.

88- FATVO

Yirtqich qushlarning og‘zidan qolgan suv yoki taom makruh. Lekin ular qafas yoki boshqa ihota qilingan joylarda toza yemish bilan boqilayotgan bo‘lsa, tumshuqlari nopok narsadan ifloslanmayotgan bo‘lsa, ularning og‘zidan qolgan yoki og‘zi tekkan narsa makruh emas. Bu Abu Yusuf (rh.)ning so‘zlari bo‘lib, shunday deb berilgan fatvoni mashoyixlar ma’qullaganlar.

89- FATVO

Katta hovuz yoki oqin ariq suviga hayvon tezagi yoki boshqa najosat turlaridan biri tushgan bo‘lsa, uni biror idish bilan olib tashlaganda shu idish va uning ichidagi suv nopok bo‘ladi. Hovuz va ariq suvi esa pokligicha qolaveradi.

MING BIR FATVO (1-qism)

Shamsiddinxon BOBOXON
Shayx Abdulaziz MANSUR

«O‘zbekiston milliy endiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent – 2005

Qiziqarli malumotlar
Karantinda o‘tirgan dizaynerlar pitssa va oyoq kiyimlar qutisidan bejirim sumkalar yasamoqda (foto)