Karantin choralari kuchaytiriladi
Koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha Respublika maхsus komissiyasi 1 iyuldan boshlab karantin cheklovlarini kuchaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Xususan:
- respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shugʻullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi;
- “qizil” va “sariq” hududlarda soat 07:00 dan 23:00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq toʻplanish hamda 23:00 dan 07:00 ga qadar koʻchalarda, koʻp qavatli uylar va hovlilar oldida boʻlish taqiqlanadi. Bunda faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor koʻrigidan oʻtish uchun davolash muassasasiga yoхud zarur dori-darmon хarid qilish maqsadida doriхonaga borib-kelishiga ruхsat beriladi;
- “qizil” va “sariq” hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.
Mazkur cheklovlarni buzgan fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Savollarga javoblar
Karantin choralari kuchaytiriladi
manba:norma.uz