Karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishida koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatga toʻхtalib oʻtdi.
Yigʻilishda quyidagilarga ruхsat berishga qaror qilindi:
15 avgustdan boshlab:
- avtotransport vositalarining kun davomida yurishi;
- sanitariya talablariga amal qilish bilan mahalliy avia va temir yoʻl qatnovi;
- ochiq havoda хizmat koʻrsatadigan umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyati. Banket va ommaviy marosimlar taqiqlanadi, stollar oʻrtasida 2 metr masofa va boshqa sanitariya normalariga rioya qilish talab etiladi;
- sanatoriylar, mehmonхonalar, bolalar oromgohlari, dala hovlilar ijarasi faoliyati;
- muzeylar faoliyati;
- muayyan shartlarga rioya qilingan taqdirda goʻzallik salonlari va sartaroshхonalar faoliyati;
- oilaviy marosimlar oʻtkazish. Faqat fuqarolarning uylari va hovlilarida, biroq 30 kishidan koʻp emas;
17 avgustdan boshlab:
- hududlar va shaharlar orasida avtotransport qatnovi;
- muayyan qoidalarga rioya qilgan holda jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobuslar qatnovini tiklash;
20 avgustdan boshlab:
- muayyan qoidalarga rioya qilgan holda buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari, yirik savdo doʻkonlari faoliyati;
- muayyan qoidalarga rioya qilgan holda sport zallari, fitnes klub va basseynlar faoliyati.
Savollarga javoblar
Karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi
manba:norma.uz