KARAMEL
KARAMEL (frans. caramel, lot. cannamella — shakarqamish) — qandolat mahsuloti; shakar qiyomga taʼm beruvchi, boʻyovchi va xushboʻy qiluvchi moddalar qoʻshib qaynatib tayyorlanadigan shirinlik. Uning massasidan turli shaklda tayyorlangan Karamel obak i yoki monpasye deyiladi. Karamel ichiga meva, asal va b. solib ham tayyorlanadi. Karamelni saqlash uchun ustiga shakar, kakao uni sepiladi yoki qogʻozga oʻraladi, maxsus temir banka yoki karton qutiga joylanadi. Karamel konditer f-kalarida avtomatlashtirilgan universal mashinalarda ishlab chiqariladi.
Ensiklopediya.uz
KARAMEL