KARAM

KARAM

KARAM (Brassica L.) — butguldoshlar oilasiga mansub, bir, ikki va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, sabzavot va yem-xashak ekini. Karamning Yevrosiyo va Shim. Afrikada 35 ga yaqin turi bor. Koʻpgina turlari Oʻrta dengiz atrofi va Xitoydan kelib chiqqan. Bryukva, raps, sholgʻom, surepitsa, xantal ham shu turkumga kiradi. Bir turi — poliz K. (V. o1egaseaye)ning juda koʻp turlari xoʻjalik aqamiyatiga ega. Dehqonchilikda ulardan oq boshli (bosh oʻraydigan oddiy) Karam, qizil K., savoy karami, bryussel karami, kolrabi, gulkaram, pekin karami dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. Jahon boʻyicha oq boshli Karamning umumiy ekin may-doni 2,3 mln. ga, hosildorlik 209,9 s/ga, yalpi hosili 48,8 mln. t (1999). Asosan, oq boshli va gulkaram ekiladi. Karam aksari ikki yillik oʻsimlik. Birinchi yil bosh (karam) chiqaradi, ikkinchi yili oʻzagidan gulpoya chiqarib, urugʻlaydi. Oq boshli Karam navlari vegetativ (oʻzagi, barg plastinkasi, toʻp bargi) va qosil organlari (karam boshi)ning qator morfologik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Tashqi oʻzagining boʻyi 16—20 sm, toʻpbargining diametri 60—80 sm, bandining uzunligi boʻyicha barglari bandsiz, 4 — 15 sm bandli, barglari mayda — 25 — 40 sm, oʻrtacha — 40—50 sm va yirik — 50 sm va undan yirik boʻlishi mumkin. Barg toʻqimasining yuzasi silliq va burishgan. Barglarining rangi och-yashil, toʻq-yashil, kulrang-yashil, koʻkish-yashil, yashil-binafsha, olachipor, koʻk-yashil va qizil-binafsha tusda.

Ensiklopediya.uz
KARAM