KARAGEORGIYEVICHLAR

KARAGEORGIYEVICHLAR

KARAGEORGIYEVICHLAR — Serbiyada 1808—13, 1842 — 58 y. larda knyazlar sulolasi, 1903-y. dan qirollar sulolasi, keyinchalik serblar, xorvatlar, slovenlar qirolligi (1918—29) va Yugoslaviya (1929—45, amalda 1941-y. gacha hukmronlik qilishgan)dagi hukmron sulola. Usmonli turklarga qarshi 1-serb qoʻzgʻoloni (1804—13) rahbari Karageorgiy 1808—13 y. larda Serbiya hukumati boshligʻi (oliy knyaz) boʻlgan. U «xalq yoʻlboshchisi» deb nom olgan va Karageorgiyevichlar sulolasiga asos solgan. Asosiy vakillari: Karageorgiy (sulola asoschisi), Petr I (1903—21 y. larda qirol), Aleksandr I (1921—34 y. larda qirol), Petr II (1934-y. dan qirol), 1941-y. Yugoslaviyaga fashistlar Germaniyasi va Italiya hujum qilgandan keyin bir necha kun oʻtgach, xorijga qochgan. 1945-y. 29 noyab. da Yugoslaviya xalq ozodligi antifashist vechasining 3-sessiyasi monarxiyaning tugatilganligini rasman eʼlon qilgan.

Ensiklopediya.uz
KARAGEORGIYEVICHLAR