Kapaki urmang yigitlar. Bu maslahat emas ogohlantirish! to’liq malumot oling
Bugungi kunda paydo bo’lgan qisqa muddatli rohatbaxsh odat va uning ishonish qiyin bo’lgan uzoq muddatli zararlari haqida faktlar asosida suhbatlashamiz. Sizlardan iltimos bu maqolani ohirigacha o’qing, shu bilan kelajakda keladigon nohushliklarning oldi olingan bo’ladi.
Doimiy ravishda onanizm bilan shug’ullanish natijasida miyamizdagi dopamin darajasi vayron bo’ladi. Inson doimiy ravishda bir jarayonni bajarishda davom etaversa uning miyasi shunga moslashaveradi, bu tabiiy jarayon albatta, bu hoh sport bo’lsin hoh kitob o’qish va hokazo. Lekin onanizm bilan shugullanishnish miyaga ta’sirlari shu qadar achinarliki, inson bunga ishongisi kelmaydi.
Onanizm bilan doimiy shugullangan insonning miyasida bir kata hudud paydo bo’ladi, bu hududning nomi onanizmdir. Doimiy ravishda bu odatni bajargan inson ohir borib bunga mukkasidan ketadi ya’ni bu kundalik odatga aylanib qoladi, xuddi givohvanlik kabi. Onanizm insonlarga motivatsiya beradi ya’ni bu odatni keying safar ham albatta bajarish uchun turtki bo’ladi, Nega? Chunki buning oxiri lazzatbaxsh. Bu odatga inson shu qadar o’rganib qoladiki, buni tashlash juda ham qiyin bo’lib qoladi.
Onanizm bilan shug’ullanish erkak tanasidagi “Testosteron” darajasini oshiqcha darajada tushurib yuboradi. Erkakning kundalik hayoti, reproduktiv salomatligi va jinsiy va barcha tomonlama rivojlanishi uchun asosiy yagona ozuqa bu testosterondir. Harvard universiteti ma’lumotiga ko’ra bir marotaba onanizm bilan shugullanish testosteron darajasini shu qadar kamaytirar ekanki, uni qayta ishlab meyoriga keltirish uchun erkak organizmi ikki kunlik vaqtni sarflar ekan. Testosteron darajasini kamligi kishi organizmiga quyidagi zararlarni olib keladi:
Jinsiy hayotga aktivlik kamayadi, bora bora kamayib ohiri yo’q bo’lib ketishi ham mumkin.
Jismonan yetuklikni kamaytiradi.
Erkaklardagi hislatlar (soqol, mushaklar, chidamlilik va hk)ni zayif qilib qo’yadi.
Xo’sh nma uchun erkak organizmiga testosteron shu qadar muhim?
Quvvat
Xotira
Fikrni bir narsaga jamlash
O’zini o’zi hurmat qilish
Jismonan baquvatlik
Ovozning yo’g’onlashishi
Muskullarni rivojlanishi
Suyaklarni baquvvatlashishi
Dominantlik
Erta bo’shlmaslik
Jinsiy hayotga qiziqishni normada uzoq muddat ushlab turish
Jinsiy baquvvatlik
Jinsiy organning(olatning) qattiq va tarang va uzoq muddat erktilligi uchun
Jigarning yaxshi ishlashi
Prostatit sog’lig’ni saqlash uchun
testosterone erkakning muhim ozuqasi (erkak bo’lib yashash uchun yoqilg’i) hisoblanadi.
Endi bir tasavvur qilaylik, har gal onanizm bilan shugullanganimizda testosteron darajamizni kamaytirsak yuqorida qayd etilgan jarayonlarga qanday ta’sir qilar ekan?
Onanizmning natijasida inson uyatchang va asabiy bo’lib qoladi. Chunki miyyat faoliyati jarayoni buzilishi natijasida inson asabiy va uyatchang bo’lib qoladi. Ko’p siqilishlar, streslar, onanizmga qarab bo’lib qolish oqaibatida inson asabiylik va uyatchanlik kelib chiqadi. Ayollar bilan muomala qilishda juratsizlik, qo’rqoqlik, uyatchanlik kabi hislatlar sezila boshlanadi. Chunki uyda berkinib o’tirib bunday odatlarni qiladigan erkak kishini erkak deyish ham sal kulgilik. Uyda o’tirish qayoqdaku, qizlar bilan suhbat qilish qayoqda. Ota-onaning yoki yaqinlar bilan suhbatda asabiylashish, ularning fikrilarini yoqtirmaslik, gap qaytarish va ongling zahrlanishi ortida onanizm yotibdi.
Erkaklik olatining kichrayishi. Ko’p yillar davomida onanizm bilan shug’ullanish natijasida jinsiy olat sezilarli darajada kichrayishi, olat terisining sifati buzilishi, hattoki olat shaklining o’zgarishi ya’ni qiyshayishi aniq faktlar bilan aniqlangan.
Burun shaklining oz’garishi. Yana bir qiziq fakt shuki, onanizm bilan shug’ullanish natijasida insonning burun shakli ham o’zgarishi aniqlangan, ya’ni burun shaklining shishish orqali o’zgarishi, hattoki burun suyaklarini sezilarli darajada qiyshayishi ham aniqlangan.
Mulohazasizlik va erkak dominantligi kuchsizlanishi. Asabiy, juratsiz, qo’rqoq erkakdan hech qachon mulohazali, uzoqzni ko’ra olishlik, oilada o’z o’rniga va so’ziga ega bo’lishlik kelmaydi. Nega? Chunki miya rivojlanishda juda sust, deyarli to’xtab qolgan.
Ayolni qoniqtira olmaslik, unga yetarlik lazzat baxsh eta olmaydigan erkak oilada dominant ya’ni ustuvor bo’lishi juda mushkul masala.
Soch to’kilishiva teri kasalliklari. Onanizm natijasida juda ko’p kasalliklar kelib chiqishi aniqlangan shular jumlasidan soch to’kilishi va teri kasallikari. Barchaga ma’lumki erkak kishining ham tashqi ko’rinishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Sochi tokilgan, terisini ko’rinishi odamni g’alati qiladigan erkak kishini hech bir ayol zoti suymasa kerak.Bu zararli illat oqibatida insonni tashqi ko’rinishi butunlay negatif tarafga burilib ketadi. Ayollarni etiborini tortadigan emas, foydasiz bir insonga aylanib qolish hech gap emas. Sochlari qora, qalin, yuz terisi tiniq, o’ziga tortib turadigan va doim quvvat, g’ayrat-shijoati bilinib turgan yigit kishini barcha yaxshi ko’radi.
Uyqu meyorining buzilishi. Onanizm natijasida uyqu me’yori buziladi, organizmlar bir tekis normal holatda ishlamaydi. Erkak kishining testosteron darajasini tushurib yuboradigan eng katta omillardan yana biri bu kam uhlashlik yoki noto’g’ri vaqtda uhlashlikdir. Kech qurungi ikki soatlik uyqu kunduzgi besh soatlik uyqudan ko’ra anchagina foydali ekanini barcha yaxshi biladi.
Insonning o’ziga bo’lgan ishonchi yo’qoladi. Ayol kishi erkak kishidan hohlaydigan asosiy jihatlardan biri bu -Ishonchdir.Onanizm insonga uyatchanlik, juratsizlik, jamoat ishlarida aktiv bo’lmaslik, asabiylashishlikni olib keladi. Bir o’ylab ko’raylik, yuqorida qayt etilgan xislatlar mujassam bo’lgan erkak kishida qanday qilib unda mustahkam ishoncha va iroda bor deyish mumkin. Meninmcha bu afandining yangi latifasidan ham kulgili bo’lsa kerak. Lekin biz bu latifani eshitib kulish emas yig’lashimiz kerak.
Hissiyotlarni jilovlay olmaslik. Haqiqiy erkak kishi doim hissiyotlarini jilovlay olishi bilan haqiqiy erkak hisoblanadi, shu tomonlama ham ayollardan farqimiz bor. Yevropalik olimlar fikricha: hissiyotlarini boshqara olmaydigan erkakar “dating” payt juda ko’plab muammolarga duch kelishini ko’p marotaba tajriba qilishgan, ya’ni o’zimzing madaniyatimizga taqqoslaganda ko’proq chimildiqdagi birinchi lahzaga to’g’ri keladi. Ya’ni, erkak birinchi marotaba a’loqa qilayotgan paytida o’z hissiyotlarini boshqara olmasligi natijasida ko’plab muammolarga duchor bo’ladi. Hozirgi kunda ko’plab yangicha va hunuk odatlar juftliklar o’rtasida paydo bo’lib qolgan, bunga sabab erkak o’z hissiyotlarini jilovlay olmay, dominantlikni ayol kishiga berib qo’yishidir.
Ayol kishiga bo’lgan qiziqish kun sayin ozayib boradi. Olimlar tajribada shuni aniqlashdiki: uydan yolg’iz o’tirib olib onanizm bilan shug’ullanadigan erkaklarning qarama-qarshi jinsga bo’lgan xirslari yemirilib boradi. Ko’proq lazzatni a’loqa qilganda emas balki onanizm qilganda oladigan bo’lib qoladi. Misol uchun pornografik video ko’rib juda lazatlanishi avjiga chiqadigan yigitlar ayollar bilan aloqa qilishga kelganda mushukni ko’rgan sichqondek bo’lib qolishadi. Albatta pornografik video bilan real aloqa orasida 360 gradus farq bor. Bir oy’lab ko’raylik kim mag’lub, kim g’olib. Videoda ayolni rohatlantirib yumalatib qo’ygan erkak g’olibmi yoki uni uyda hech kim yo’ligida tomosha qilib mastrubatsa qilgan foydasiz erkakmi? Javob oson bu yerda mag’lub bu uydagi erkak, u har doim mag’lub chunki u kun sayin o’z sog’lig’ini, kelajagini tugatayabdi. Lekin o’zbek ayollarining sabriga va foydasiz turmush ortog’ining qiliqlarini doim yashirib kelishlarga tasanno aytmay iloj yo’q.
Haqiqy erkak.
Haqiqiy erkak kishi doim olg’a intiladigan, hayotda hamma narsalarga erishish uchun tinimsiz mehnati qiladigan va bu yo’lda uchraydigan qiyinchiliklarga bardosh beradigan insondir. Uydan berkinib o’tirvolib hayosizlarcha onanizm bilan shug’ullanadigan yigitlardi erkak deyish sal noto’gri bo’lsa kerak.Oila a’zolari yoki o’rtoqlari ko’rib, bilib qolishidan uyaladi, paskashning ishi. Erkakmisan erkakligincha qol, ertaga kimdur ismingni eshitsa oyoqlarigacha titrab ketsin. Bu hayotda biror narsaga erishib ket. Yurtboshimiz yaratib bergan imkoniyatlardan foydalanib Kuala Lumpur, Londondek shaharlarda minutni qadriga yetib o’qiyabmiz, lekin sen soatlab foydasiz videolarni ko’rib ulardan zavqlanayabsan.Ertaga biz katta-katta muvafaqqiyatlarga erishganda sen orqada qolib ketmagin.Bugun o’zinga savol ber”Men kimman va nimaga erishdim, qayoqqa qarab ketayabman”. Hali ham kech emas “ Inson hamisha umid qilib yashashi kerak” olg’a do’stim. O’ylaymanki bu maqolam sizga ushbu zararli odatni tashlashda va haqiqiy erkak bo’lishga yordam berar.
Muallif: Temur Xalikov. Yurakcha.Ru sayti uchun maxsus tayyorlandi!
Erkaklar uchun
Kapaki urmang yigitlar. Bu maslahat emas ogohlantirish!