KANZAS

KANZAS

KANZAS — AQSHning markaziy qismidagi shtat. Mayd. 213,1 ming km2. Aholisi 2,68 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Topika sh. Sanoat markazlari — Kanzas-Siti va Uichito sh. lari. Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik, Qoyali togʻlardan Missuri daryosiga tomon qiyalanib boradi. Markaziy qismida Smoki-Xils, Blu-Xils tepaliklari (bal. 862 m gacha) bor. Iqlimi moʻtadil kontinental iklim (oʻrtacha oylik t-ralar —3° dan 26° gacha). Yillik yogin 550—950 mm, yozi qurgʻoqchil. Asosiy daryolari — Kanzas va Arkanzas (yilning koʻp qismida kamsuv). Kanzas — AQSHning q. x. rivojlangan shtatlaridan. Q. x. da 2/3 tovar mahsulotini chorvachilik, asosan, goʻsht chorvachiligi beradi. Dehqonchilikda joʻxori (sorgo) va kuzgi bugʻdoy yetishtiriladi. Mamlakatda bugʻdoy hosili boʻyicha 1-, qoramol soni boʻyicha 4-oʻrinda. Oziq-ovqat (goʻsht-konserva, un tortish, yem i. ch.) sanoati rivojlangan. Aviatsiya, avtomobilsozlik, q. x. mashinasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati korxonalari bor. Neft, tabiiy gaz, geliy (AQSHda 1-oʻrinda) olinadi.

Ensiklopediya.uz
KANZAS