KANZAS-SITI

KANZAS-SITI

KANZAS-SITI — AQSHning markaziy qismidagi shahar, Missuri shtatida, Kanzas daryosining Missuri daryosiga quyilish yerida. Aholisi 441,5 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Q. x. rayonining muhim savdo markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari — oziqovqat, metallsozlik. Poʻlat quyish, mashinasozlik, radioelektronika, neftni qayta ishlash, kimyo, yogʻochsozlik, poligrafiya sanoati korxonalari, un-t bor. Shaharga 19-a. da asos solingan. Amalda K.-S. Kanzas shtatidagi xuddi shunday nomlanuvchi shahar bilan birlashib ketib, 1,5 mln. dan ortiq aholiga ega boʻlgan aglomeratsiyani tashkil etadi.

Ensiklopediya.uz
KANZAS-SITI