KANTOR

KANTOR

KANTOR (Cantor) Georg (1845.3.3, Peterburg — 1918.6.1, Galle) — nemis matematigi. Berlin un-tini tugatgan (1867). Galle unti prof. (1872 — 1913). Toʻplamlar va transfinit sonlar nazariyasini (q. Toʻplamlar nazariyasi) yaratgan. Haqiqiy sonlar toʻplamining sanoqsizligini isbotlagan (1874), toʻplamlar quvvatliligining umumiy tushunchasini ifodalagan (1878). Limit nuqta, hosilaviy toʻplamlar nazariyasini kiritgan, irratsional sonlar nazariyasini rivojlantirgan. Matematik analiz, haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalar nazariyasida Kantor nomi bilan boglik muhim tushunchalar bor.

Ensiklopediya.uz
KANTOR