KANTABRIYA TOGʻLARI
KANTABRIYA TOGʻLARI — Ispaniyaning shim. qismida, Biskay qoʻltigʻi sohillari boʻylab 500 km masofaga choʻzilgan. Eng baland joyi 2613 m (Torre-de-Serredo togʻi). Asosan, kvarsit, ohaktosh, qumtoshlardan iborat. Karst relyef shakllari keng tarqalgan. Iklimi nam, yillik yogin 1000 mm. Daryolari sersuv. Shim. da nisbatan nam yon bagʻirlarida keng bargli oʻrmonlar, jan. da — kserofit butalar usadi, alp oʻtloklari tarqalgan. Toshkoʻmir, temir va polimetall rudalari olinadi. Milliy parklar tashkil etilgan.
Ensiklopediya.uz
KANTABRIYA TOGʻLARI