KANOVIZ
KANOVIZ, kanaus (fors.) — shoyi mato turi; sof ipakdan toʻqilgan. Kanoviz matosi bir necha hunarmandlar ishtirokida tayyorlanadi. Ipak ipga chizmakash gullarni abrbandi usulida chizib beradi, toʻquvchi boʻyalgan ipdan mato toʻqiydi. Buxoro, Samarkand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan va b. shaharlarda xonatlas, shoyi qatorida Kanoviz xam ishlab chiqarilgan, keng tarqalgan va qadrlangan. Buxoroda shohi nomi bilan ham atalgan.
Ensiklopediya.uz
KANOVIZ