KANKAN

KANKAN

KANKAN (frans. cancan — shovqinsuron) — fransuzcha raks, asli Jazoirdan kirib kelgan. 19 – a. ning 30 – y. larida Parijda bal ratsei sifatida paydo boʻlgan. Oʻlchovi 2/4, surʼati tez, chaqqon. Sakrash, oyoqni siltab oldinga koʻtarish kabi harakatlar xosdir. Fransuz mumtoz operettasi (J. Offenbax), keyinchalik fransuz estradasi (kafeshantanlar)da keng tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
KANKAN