KANEFRON tabletkasi to’liq malumot oling
Kanefron
#Канефрон
?DORI SHAKLI : tabletka
?TARKIBI 😕
Tabiiy mahsulotlar va glukoza, laktoza, saxaroza, magniy stearat , kalsiy karbonat va boshqa ….
?TA’SIRIGA KO’RA ?
Urologik kasalliklarni davolash uchun , yallig’lanishga qarshi , antioksidant , spazmolitik va og’riq qoldiruvchi ta’sirga ega.
Qo’shimcha yana antibakterial va siydik haydovchi ta’sirga ega.
?QO’LLANILISHI ?
— Qovuqning o’tkir va surunkali infeksion kasalliklarini , ya’ni sistitni davolashda qo’llaniladi.
— Pielonefritni davolash uchun
— Glomerulonefritni davolash uchun
— Nefrit kabi buyrak kasalliklarini.
— Siydik yo’llarida tosh hosil bo’lishini oldini olish maqsadida va siydik toshlarini olib tashlagandan keyin ham qo’llaniladi.
— Buyrak va siydik yo’llaridagi yallig’lanish holatlarida
— Buyrak va siydik yo’llari va qovuq og’rig’ida qabul qilinadi.
— Buyrak shamollash holatlarida qabul qilinadi.
?QO’LLASH USULI ?
Kattalar va 12 yoshdan kattalarga kuniga 2 tabletkadan 3 mahal ( ertalab , tushlik va kechqurun ) ya’ni kuniga 6 tabletka qabul qilish buyuriladi.
Maktab yoshdagi bolalar uchun 1 tabletkadan kuniga 3 mahal qabul qilinadi.
Tabletkani chaynamasdan suv bilan qabul qilish kerak.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Teri toshmalari va teri qichishishi
— Ko’ngil aynish va yengil diareya kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda
— Oshqozon va 12 barmoq ichak yarasining o’tkir davrida mumkin emas
— 6 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
?ADMIN MASLAHATI ?
?Homiladorlik davrida shifokor maslahati bilan qo’llash mumkin.
?Kanefron tarkibida glyukoza , saxaroza va laktoza saqlaydi. Shu sababli qandli diabeti bor kishilarga mumkin emas .
?Buyrak va boshqa urologik kasalliklarni davolashda kanefronni qabul qilishni o’zim ham tavsiya qilaman. Juda yaxshi vosita ??
?Qo’llash — retseptsiz
?Ishlab chiqaruvchi — Germaniya
@Farmakologiya_TTA
,,ТАБЛЕТКА » kanali
Dorixona
KANEFRON tabletkasi