KANBERRA

KANBERRA

KANBERRAAvstraliya Ittifoqi poytaxti. Shahar atrofi bilan alohida maʼmuriy birlik — Avstraliya poytaxt hududini tashkil etadi. Mamlakatning jan.-sharqiy qismida, Berli-Griffin koʻli sohilida joylashgan. Iqlimi subtropik kontinental iqlim. Iyulning oʻrtacha t-rasi 5,9°, yanv. niki 20,7°. Oʻrtacha yillik yogʻin 620 mm. Aholisi 310 ming kishi (1999).

Ensiklopediya.uz
KANBERRA