KANAL BOʻYI IHOTAZORLARI

KANAL BOʻYI IHOTAZORLARI

KANAL BOʻYI IHOTAZORLARI — kanallar boʻylarida barpo etiladigan daraxtzorlar; muhim agromeliorativ tadbir. Kanal qirgʻoqlarini mustahkamlash, chang va qum boʻronlari taʼsirini kamaytirish, soyalash evaziga kanalda oʻtlar oʻsishini qisqartirish maqsadlarida qoʻllaniladi. Kanal boʻyi ihotazorlari kanal oʻzanidan filtratsiyaga sarflanayotgan suvni sugʻoriladigan dalalarga oʻtishi va yerga singishini kamaytiradi va sizot suv sathini pasaytiradi (biologik zovur), mikroiqlimni yaxshilaydi. Kanal boʻyi ihotazorlari xoʻjalik sugʻorish va kollek-torzovur tarmoqlarini loyqa va begona oʻtlardan tozalashda xalaqit bermasligi uchun uning bir tomonidan — iloji boricha janub tomonidan joylashtiriladi.

Ensiklopediya.uz
KANAL BOʻYI IHOTAZORLARI