Kamqonlikda qanday ovqatlanish lozim?

Kamqonlikda qanday ovqatlanish lozim?

Kamqonlikda qanday ovqatlanish lozim?

Mundarija скрыть
Kamqonlikda qanday ovqatlanish lozim?
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

37b07b2e9491549be920ba2118592974
Ayol kuniga 15 mg dan kam bo’lmagan temir moddasi qabul qilishi kerak. Bu turli mahsulotlar tarkibida bo’lishi mumkin. Temir moddasiga boy bo’lgan mahsulotlarni iste’mol qilib turish organizmni temir bilan ta’minlash uchun yetarli. Organizmingiz Siz qabul qilgan temir moddasini qanchalik tez o’zlashtirishini ham e’tibordan qochirish kerak emas. Chunki turli mahsulotlar turli ravishda hazm bo’ladi. Ozuqaning tez yoki sekin hazm bo’lishi esa Sizning jigaringiz qanchalik faol ishlashiga bog’liq. Agar jigaringiz ifloslangan bo’lsa, u holda jigarning ovqatdan temir moddasini ajratib olishi sekin va kam miqdorda bo’ladi. Quyida tez hazm bo’ladigan temir moddasi mavjud bo’lgan mahsulotlar ro’yxati berilgan: Yog’siz go’sht – temir moddasining koni. Organizmda eng tez hazm bo’luvchi temir moddasi asosan jonivorlar mahsulotlarida topilgan. 170 gr file go’sht tarkibida 6 mg temir moddasi mavjud. Vitamin S ga boy sabzavotlarni xomligicha iste’mol qiling, ularga yog’siz go’sht qo’shib, turli taomlar tayyorlang.
Chunki aynan vitamin S Sizning organizmingizda temirning tezroq so’rilishini ta’minlab beradi. Ovqatdan oldin turli sharbatlarni iste’mol qilish ham organizmda temir moddasining yaxshi o’zlashtirilishiga hissa qo’shadi. Qaynatilgan fasol va noxot temirga juda boy, ularni albatta rasioningizga qo’shing. Agar ularni yog’siz go’sht bilan birga iste’mol qilsangiz, ularning tarkibidagi temir yaxshi so’riladi. Shuni yodda tutingki, sut va pishloqdagi kalsiy va fosfor temir moddasining so’rilishiga biroz to’sqinlik qilishi mumkin. Shu sababli ularni alohida iste’mol qilishingizni tavsiya etamiz. Ovqatdan keyin darhol choy yoki ichishga shoshilmang. Shuningdek, taxir ta’mli ichimliklar ham temir moddasining so’rilishiga xalaqit beradi. Yana shuni ta’kidlab o’tish joizki, cho’yan idishlarda tayyorlangan ovqatlar tarkibida ko’proq temir moddasi mavjud bo’ladi. [b]Kamqonlikka olib keluvchi zararli odatlar[/b]
Chekish (kashandalik) ham kamqonlikka olib keladi. Fandan shu ma’lumki, sigaretalardagi uglerod monooksidi gemoglobin bilan qo’shilib, “karboksigemoglobin” moddasini hosil qiladi. Gemoglobinning bu ko’rinishi kislorod tashuvchanlik xususiyatiga ega emas. Tutunning achchiq hidi ham oqsil va temirni ajratib yuborib, gemoglobinga salbiy ta’sir qiladi. [b]Qanday davolash lozim?[/b] Shifokorlar kamqonlik bilan xastalangan ayollarga temir moddasi mavjud dorilar yordamida olti oylik davolash kursini o’tashni maslahat beradilar. Bu dorilarni qabul qilish albatta shifokor maslahati bilan amalga oshirilishi lozim.
Manba: Samimiyat.com

Kamqonlikda qanday ovqatlanish lozim?