KAMPILOBAKTERIOZ

KAMPILOBAKTERIOZ

KAMPILOBAKTERIOZ, v i b r i o z — hayvonlarda uchraydigan yuqumli infeksion kasallik. Asosan, qoramol va qoʻylar kasallanadi, choʻchqa, echki, tovuklar va odamga yuqishi mumkin. Kasallik hayvonlar jinsiy organlari zararlanishi bilan kechadi. Infeksiya jinsiy organlarning shilliq pardasida boʻlib, hayvonlarni qochirish vaqtida, shuningdek, toʻshama, ozuqa va b. orqali yuqadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi — Campylobacter fetus (vibriofetus) veneralis hisoblanadi. Kasallik dunyoning barcha mamlakatlarida qayd qilingan.

Ensiklopediya.uz
KAMPILOBAKTERIOZ