KAMOV Nikolay Ilich haqida to’liq ma’lumot oling
KAMOV Nikolay Ilich (1902.1(14) . 9, Irkutsk — 1973.24.11, Moskva) — vertolyotsozlik sohasidagi rus konstruktori, Mehnat Qahramoni (1972), texnika fanlari d-ri (1962). Vertolyotsozlik boʻyicha tajriba konstruktorlik byurosi bosh konstruktori (1940-y. dan). Oʻkdosh sxemadagi vertolyotlar qurilishi asoschilaridan (oʻkdosh sxemadagi vertolyotda bitta umumiy oʻkda ikki koʻtaruvchi vint qarama-qarshi tomonga aylanadi). Uning rahbarligida Ka-8, Ka-10, Ka-15, Ka-18, Ka-25 va Ka-26 rusumli vertolyotlar; Ka22 rusumli vint-qanotli (samolyot bilan vertolyotning uygʻunlashuvi), aerochana yaratildi. Kamov yaratgan vertolyotlarning uchish-texnikaviy koʻrsatkichlari yuqori. Ular bilan 10 ta jahon rekordi oʻrnatilgan. Kamov yaratgan vintokrilda esa 8 ta jahon rekordi oʻrnatilgan.
Malumotlar
KAMOV Nikolay Ilich