KAMOLCHILAR INQILOBI
KAMOLCHILAR INQILOBI — Otaturk Mustafo Kamol rahbarligida 1918—23 y. larda amalga oshirilgan turk milliy inqilobi. Kamolchilar inqilobi natijasida Turkiya sultonligi (1922-y. 1 noyab.), xalifalik (1924-y. 3 mart) tugatildi. Turkiya respublika deb eʼlon qilindi (1923). Kapitulyatsiyalar rejimi, xalqaro moliyaviy nazorat hamda xorijiy konsessiyalarning imtiyozlari bekor etildi. Davlat va maʼmuriy idoralarda, turk madaniyati va jamiyatida ilgʻor islohotlar oʻtkazildi.
Ensiklopediya.uz
KAMOLCHILAR INQILOBI