Kaltsiy kasal qiladimi?
Kaltsiy kasal qiladimi?
DO`STLARGA ULASHING:
Аksariyat hollarda keksa insonlarning suyaklarini mustahkamlash uchun tayinlanadigan kalьtsiyli oziq qoʼshimchalari yurak xuruji yuzaga kelish ehtimolini oshiradi. Germaniyalik olimlar shunday xulosaga kelishdi.
Geydelьberg shahridagi saratonni tadqiq etish markazi mutaxassislari 10 yil davomida 24 mingga yaqin odamni kuzatib borishdi. Kalьtsiyli qoʼshimchalarni isteʼmol qilmagan 15 ming odam orasida 851 holatda infarkt qayd etildi. Bunday vositalardan foydalanuvchi odamlarda esa yurak xuruji yuzaga kelishi 86 foizga ortgani aniqlandi.
Tadqiqotlar oziq qoʼshimchalarini ishlab chiqaruvchilarning noroziligiga sabab boʼldi.
Britaniya kardiologiya jamgʼarmasi xodimlari esa tabletka koʼrinishidagi kalьtsiyni qabul qilayotgan odamlarni ulardan voz kechmaslikka chaqirishdi. Nojoʼya holatlar yuzaga kelganida esa shifokor bilan maslahatlashishni taʼkidlab oʼtishdi
Kaltsiy kasal qiladimi?