KALSIY NASOSI
KALSIY NASOSI — plazmatik membranada faoliyat koʻrsatuvchi damlagichlardan biri. Eukariot xujayralar membranasining ichki tomonida kaliy miqdori tashqarisiga nisbatan juda oz boʻladi. Tashqi taʼsirni plazmatik membrana orqali hujayraning ichki qismiga yetkazishda kalsiy kationlari muhim ahamiyatga ega. Tashqi taʼsirga javoban kalsiy kationlari oqimi shiddat bilan hujayraning ichki qismiga oʻta boshlaydi. Bu vaqtda Kalsiy nasosi hujayradagi kalsiy gradiyentini saqlash uchun uni faol ravishda hujayra tashqarisiga chiqaradi. Kalsiy nasosi vazifasini hujayrada Sa-ATF aza fermenti bajarishi aniqlangan. Muskul hujayralarining sarkoplazmasida membrana bilan bogʻlangan Kalsiy nasosi mavjud Kalsiy nasosi kalsiyning sitoplazmadan sarkoplazma naychalariga oʻtishini taʼminlaydi. Kalsiy kationlarining teskari harakati, yaʼni sarkoplazmadan sitoplazmaga oʻtishi esa muskullarning qisqarishini tezlashtiradi.
Ensiklopediya.uz
KALSIY NASOSI