Kalla ichi bosimi oshishi — sabablari, alomatlari, asoratlari, davolash

Kalla ichi bosimi oshishi — sabablari, alomatlari, asoratlari, davolash

Kalla ichi bosimi (KIB) yoki bosh ichi bosimi oshishi, intrakranial gipertenizya, xalq orasida cherepnoy davleniya — ko’plab odamlar duch keladigan xavfli holatdir. Ushbu kasallik bolalarda ham, kattalarda ham uchrashi mumkin. Ayollar erkaklarga qaraganda ushbu xastalik bilan ko’proq kasallanishadi. Afsuski, ba’zida kalla ichi bosimining ko’tarilishi belgilari e’tiborga olinmaydi, bu esa qayg’uli oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun kattalar va bolalarda ushbu kasallikning belgilari va uni davolash tamoyillarini yaxshi bilish kerak.

svg%3Ekalla ichi bosimi yoxud cherepnoy davleniya oshishi haqida

Cherepnoy davleniya: u nima o’zi?

Ko’pchilikka bir ibora tanish bo’lsa kerak: «Cherepnoyi bor ekan». Xo’sh, kalla ichi bosimining oshishi tushuniladigan o’sha «cherepnoy davleniya» nima? U qanday kelib chiqadi? Uni davolash mumkinmi?

Tushuncha

Cherepnoy davleniya so’zi rus tilida внутричерепное давление so’zidan kelib chiqqan va birinchi, xato bo’lgan nomi bilan xalq orasida ommalashgan. Aslida biz yanglishib kasallik deb hisoblaydigan «cherepnoy davleniya» hammada bo’ladi, huddi arterial qon bosimi singari. Uning mavjudligi emas, balki me’yordan oshishigina kasallik sanaladi. Quyida kasallik tafsilotlari haqida.

Maqolada tibbiyot sohasida mutaxassis bo’lmaganlarga tushunarli bo’lishi uchun «bosh ichi bosimi», «cherepnoy davleniya» so’zlari ishlatilishi mumkin. Aslida ushbu kasallikning to’g’ri atalishi «kalla ichi bosimi«, «kalla suyagi ichi bosimi» yoki «intrakranial gipertenziya» hisoblanadi.

Yuqori KIB sabablari

Nima uchun kalla suyagi ichidagi bosim oshadi? Bu hodisa turli omillarga bog’liq bo’lishi mumkin. Ammo ko’p hollarda yuqori KIB kalla ichidagi bo’shliqdan orqa miya suyuqligining qayta oqishi buzilishi bilan bog’liq.

Birinchidan, kalla ichi bosimi yoxud cherepnoy davleniya nima ekanligini tushunish foydalidir. Bosh suyagi ichida juda ko’p sonli asab hujayralarigina mavjud deb o’ylamaslik kerak. Unda bundan tashqari ko’p miqdorda orqa miya suyuqligi yoki likvor deb ataladigan suyuqlik o’rin egallaydi (o’ndan bir qismi va undan yuqori). Ushbu suyuqlik asosan kalla suyagi ichida, uning markazida joylashgan qorinchalarda bo’ladi. Shuningdek, suyuqlikning bir qismi miyaning yumshoq va araxnoidal qobiqlari orasidagi bo’shliqda aylanib yuradi. Likvor orqa miya kanalida ham mavjud.

Likvor bajaradigan vazifalar turlichadir. Ularning ba’zilari quyidagilar:

  • Miya to’qimasining suyaklarga urilish ta’siridan himoya qilish;
  • Suv va elektrolit muvozanatini ta’minlash;
  • Miyadan zararli moddalar va toksinlarni chiqarib tashlash.

Yana bir muhim narsa — suyuqlik miqdori bosh suyagi ichidagi bosim ko’rsatkichini belgilaydi. Orqa miya suyuqligining bir qismi (2/3 dan ortig’i) bevosita miya qorinchalarida hosil bo’ladi, qolgan qismi bosh miya sohasida aylanib yurgan qondan hosil bo’ladi. Likvor bir haftada to’liq yangilanadi.

Kalla ichi bosimi, odatda, millimetr simob ustunida yoki millimetr suv ustunida belgilanadi. Kattalar uchun me’yoriy ko’rsatkichlar 3-15 mm. sim. ust.ni tashkil qiladi. Fizika nuqtai nazaridan, bu ko’rsatkich suyuqlik bosimi atmosfera bosimidan necha millimetr oshib ketishini ko’rsatadi. Bolalarda bosh ichi bosimi odatda kattalarnikiga qaraganda ancha past bo’ladi. Miya sohasida aylanib yuradigan likvor miqdori me’yordan oshib ketsa, bu holda odatda mos ravishda kalla ichi bosimi ham oshadi.

KIB`ning 30 mm. sim. ust. dan yuqori bo’lishi ko’pincha miya to’qimalarining tiklab bo’lmas shikastlanishi va hatto o’limga olib keladi.

Aynan shuning uchun odamlar KIB darajasini bilishlari muhim. Ammo buni qanday o’lchash mumkin, chunki arterial qon bosimini o’lchashdan farqli o’laroq, cherepnoy davleniyani uy sharoitida o’lchab bo’lmaydi. Kalla suyagi ichidagi bosimni aniqlash uchun odatda statsionar sharoitida amalga oshiriladigan maxsus instrumental usullar qo’llaniladi. Shu bois, ko’pincha «kalla ichi bosimining oshishi» tashxisidan shubha qilishning sababi kasallikning xarakterli alomatlari hisoblanadi.

svg%3EKattalarda cherepnoy davleniya

Kalla ichi bosimi oshishi belgilari va alomatlari

Kalla ichi bosimning oshishida tez-tez kuzatiladigan alomatlar quyidagilardir:

Agar sizda ushbu alomatlardan ba’zilari vaqti-vaqti bilan kuzatilib turadigan bo’lsa, tabiiyki, bu kalla ichi bosimi oshganligining dalili emas. Kalla suyagi ichidagi bosimning oshishi boshqa kasalliklar alomatlariga o’xshash bo’lishi mumkin.

Kasallikning eng keng tarqalgan belgisi bosh og’rig’i hisoblanadi. Migrendan farqli o’laroq, yuqori KIB`da og’riq faqatgina bir sohani emas, butun boshni qamrab oladi. Og’riq ko’pincha tonggi yoki tunggi paytda kuzatiladi. Ular boshni burganda, yo‘talganda, aksa urganda kuchayadi. Og’riq qoldiruvchi vositalar qabul qilish og‘riqni bartaraf etishga yordam bermaydi.

Bosh ichi bosimi oshishining tarqalganlik bo’yicha ikkinchi o’rinda turuvchi alomati — ko’ruv buzilishlari: tasvirning ikkilanishi, predmetlarning tiniq ko’rinmasligi, periferik ko‘ruvning pasayishi, ko’rmay qolish xurujlari, ko‘z oldida tuman, yorug‘likka reaktsiyaning kamayishi hisoblanadi. Yuqori KIB`ning bu alomatlari ko’z asablarining qisilishi bilan bog’liq.

Yuqori KIB ta’siri ostida shuningdek ko’z olmasining shakli ham o’zgarishi kuzatiladi. U shu darajada oldinga bo‘rtib chiqishi mumkinki, bunda bemor hatto qovoqlarini to’liq yopa olmay qoladi. Bundan tashqari, ko’z ostida to’lib ketgan kichik venalardan iborat ko’kimtir aylanalar paydo bo’lishi mumkin.

Ko‘ngil aynishi va qayt qilish — yuqori kalla ichi bosimining tez-tez kuzatiladigan yana bir belgisi. Qoida tariqasida, qayt qilish bemorga yengillik keltirmaydi.

Shuni inobatga olish kerakki, kalla ichi bosimi qisqa muddatga (2-3 marta) sog’lom odamlarda ham ko’tarilishi mumkin, masalan yo’talganda, aksa urganda, egilishlar, jismoniy zo’riqishlar, stress va boshqalarda. Ammo bunda KIB tezda me’yorga qaytishi kerak. Agar bunday bo’lmasa, bu kalla ichi bosimining surunkali oshishidan dalolat beradi.

Bolalarda bosh ichi bosimi oshishi belgilari

svg%3EChaqaloqlarda kalla ichi bosimi

Yosh bolalarda bu kasallik qanday namoyon bo’ladi? Afsuski, go’daklar ota-onalariga o’z tuyg’ulari haqida xabar bera olmaydi, shuning uchun ota-onalar kalla ichi bosimi oshishining bilvosita alomatlariga asoslanishlari kerak bo’ladi. Bunday alomatlarga quyidagilar kiradi:

  • Holsizlik;
  • Yig’i;
  • Yomon uyqu;
  • Qayt qilish;
  • Tutqanoqlar;
  • Ko‘zlarning beixtiyor harakatlari;
  • Liqildoqning shishishi va pulsatsiyasi;
  • Bosh o’lchamining kattalashishi (gidrosefaliya);
  • Mushaklar tonusi notengligi — mushaklarning bir qismi tarang, boshqa qismi bo’shashgan bo’ladi;
  • Tomirlar to’rining bosh terisi ostidan bo‘rtib turishi.

Boshqa tomondan, burun qonashi, duduqlanish, uyqu vaqtida sapchib ketishlar, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik qoida tariqasida bolada kalla suyagi ichidagi bosim oshganligidan dalolat bermaydi.

Kalla ichi bosimi yuqoriligi sabablari

Kattalarda KIB balandligi nimadan kelib chiqadi? Bunda kalla ichi bosimi odatda mustaqil kasallik emas, balki ikkilamchi alomat ekanligini hisobga olish kerak.

Kalla ichi bosimining oshishiga quyidagi omillar olib kelishi mumkin:

Shuningdek, yuqori bosh ichi bosimi infektsion kasalliklar natijasida ham yuzaga kelishi mumkin, masalan:

Mazkur sindrom yuzaga kelishining yana bir sababi — ba’zi bir dori vositalarini qabul qilishdir. Bunday vositalarga quyidagilar kirad:

  • Kortikosteroidlar;
  • Antibiotiklar (avvalo biseptol va tetratsiklinlar);
  • Gormonal kontratseptivlar.

Kalla ichi bosimining ko’tarilishiga olib keladigan omillar turlicha ta’sir ko’rsatadi. Ular yoki likvor hosil bo’lishining kuchayishiga, yoki uning aylanishi buzilishiga, yoki uning so’rilishiga to’sqinlik qilishi mumkin. Ba’zi hollarda ushbu ta’sir mexanizmlarining uchchalasi ham birgalikda kuzatilishi qayd etiladi.

Ushbu kasallikka irsiy moyillikni ham inobatga olish kerak. Chaqaloqlarda cherepnoy davleniya yuzaga kelishiga yordam beruvchi asosiy omillarga tug’ruq davomidagi jarohatlar, homila gipoksiyasi, homiladorlik davrida toksikoz va muddatidan oldin tug’ilish kiradi. Kislorod yetishmasligi homiladorlikning yomon kechishida likvor hosil qilishning kompensator kuchayishiga, va, natijada gidrosefaliyaga olib kelishi mumkin.

Kalla ichi bosimi oshganligini tashxislash

Kalla ichi bosimini to’g’ridan-to’g’ri o‘lchash uchun murakkab, shifokorning yuqori malakasini, sterillikni va tegishli asboblarni talab etadigan instrumental usullar qo’llaniladi, ular ko’pincha xavfsiz sanalmaydi. Ushbu usullarning mohiyati miya qorinchalarini punktsiya qilish va likvor aylanib yuruvchi qismlarga kateter kiritishdan iborat bo’ladi.

Shuningdek umurtqa pog’onasining bel bo’limidan likvor punktsiyasi usuli ham qo’llaniladi. Bu holda ham bosim o’lchanishi, ham likvor tarkibi o’rganilishi mumkin. Ushbu usul kasallikning kelib chiqishi infektsion bo’lishiga shubha qilinganda zarur hisoblanadi.

Bugungi kunda mazkur kasallikni tashxislash uchun xavsizroq diagnostik usullar kengroq tarqalgan:

Ushbu tekshiruvlar natijasida kalla ichi bosimi oshishidan dalolat beruvchi miya va uning atrofidagi to‘qimalar tuzilishidagi o‘zgarishlarni aniqlash mumkin.

Bunday o‘zgarishlarga quyidagilar kiradi:

  • Miya qorinchalari hajmining ko’payishi yoki kamayishi;
  • Shishlar;
  • Qobiqlar orasidagi bo‘shliqlarning kattalashishi;
  • O’smalar yoki qon quyilishlar;
  • Kalla suyagi choklarining ajralishi.

Ensefalografiya ham muhim diagnostik usul hisoblanadi. U yuqori KIB uchun xarakterli bo’lgan turli miya sohalarining faolligi buzilishlarini aniqlash imkonini beradi. Tomirlarning dopler UT tekshiruvi miyadagi asosiy arteriya va venalarda qon oqimining buzilishi, dimlanishlar va trombozlarni aniqlashga yordam beradi.

Ko’z tubini tekshirish ham ahamiyatlidir. Aksariyat hollarda uning yordamida ham cherepnoy davleniya oshganini bilish mumkin. Mazkur sindromda ko’z olmasi tomirlarining kengayishi, ko‘ruv nervi to‘r pardaga o‘tadigan joyning shishishi, to’r pardada kichik qon quyilishlar kabi alomatlar paydo bo’ladi. Kasallik rivojlanishi darajasini aniqlagandan so’ng, shifokor bemorga uni qay usulda davolash samarador ekanligi haqida xabar berishi kerak.

Kalla ichi bosimi oshishini davolash

Mazkur tashxis qo’yilgan bo’lsa nima qilish kerak? Agar kalla ichi bosimi oshishi ikkilamchi jarayon bo’lsa, birinchi navbatda birlamchi kasallik — ateroskleroz, gipertenziya, osteoxondroz, gormonal muvozanat buzilishini bartaraf etish kerak. Biroq yuqori kalla ichi bosimining simptomatik terapiyasi ham o’ta muhim.

Yuqori cherepnoy davleniya aniqlanganda davolash shifokor tomonidan belgilanishi kerak. Kasallikni davolashning bir nechta usullari mavjud. Ular konservativ va xirurgik turlarga bo’linadi.

Konservativ usullar

Yuqori bosh ichi bosimini davolashning konservativ usullariga avvalo dorilar qabul qilish kiradi. Mazkur holatda terapiyaning maqsadi likvor bosimini kamaytirish, miyadan qonning qayta oqishini kuchaytirishdir.

Kalla ichi bosimi oshishida qabul qilish ko’rsatiladigan asosiy preparatlar guruhi — bu siydik haydovchi vositalar yoxud diuretiklar, masalan Furasemid, Diakarb sanaladi. Agar o‘smalar mavjud bo’lsa yoki meningit aniqlansa, shishni kamaytiradigan steroid yallig’lanishga qarshi preparatlar buyuriladi. Shuningdek venoz qon oqimini yaxshilaydigan preparatlar, kaliy preparatlari (Asparkam) qabul qilinadi. Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, kalla ichi bosimi oshganida nootrop preparatlar besamar hisoblanadi.

Agar kalla ichi bosimi qandaydir boshqa kasallik tomonidan chaqirilgan bo’lsa, asosiy kasallikni davolash uchun dorilar qo’llaniladi.

Kattalarda yuori KIB`ni davolashda fizioterapiya (xususan bo’yinning yoqa sohasiga magnit ta’sir ettirish, dorivor moddalar bilan elektroforez), bo’yin-yoqa zonasi va umurtqa massaji, terapevtik jismoniy tarbiya, akupunktura, sirkulyar dush qo’llanilishi mumkin. Bu usullar asosan kalla ichi bosimi oshishining yengil darajalarida, hayot uchun to’g’ridan-to’g’ri xavfi bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Bundan tashqari, profilaktik maqsadlarda bemor bo’yin, ensa va kalla asosini har kuni massaj qilishi mumkin.

Xirurgik usullar

Kasallikning og‘ir hollarida xirurgik operatsiyalar o‘tkaziladi. Hozirgi vaqtda eng keng tarqalgan operatsiya turi shuntlash hisoblanadi. Shuntlash deganda maxsus naycha (kateter) o’rnatish tushuniladi, bu naycha orqali orqa miya suyuqligining ortiqchasi qorin bo’shlig’iga yuboriladi.

Ushbu usul kamchiliklarga ham ega, xususan kateter tiqilib qolishi va ishdan chiqishi mumkin. Bundan tashqari, bu usulda asoratlar ehtimoli ham yuqoridir. Bolalarda esa ularning o’sishi tufayli naychani bir necha marta almashtirish kerak bo’ladi. Likvor shuningdek maxsus steril idishlarga ham yuborilishi mumkin. Yana bir usulida likvorning ortiqchasini miya qorinchalaridan miya asosidagi qobiqlar orasidagi bo’shliqqa yuborilishi qo’llaniladi. Bu holatda asoratlar rivojlanish ehtimoli minimal bo’ladi.

Yordamchi terapiya

Bosh ichi bosimi oshganda yordamchi vositalar sifatida xalq tabobati usullari, xususan turli o’simliklar — do’lana, arslonquyruq, evkalipt, yalpiz va valerinana tindirmalaridan foydalanish mumkin. Ular tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi va tomirlar spazmini bartaraf etadi.

Parhezga amal qilish katta ahamiyatga ega. KIB oshganda dastavval kundalik qabul qilinadigan suyuqlik miqdorini 1,5 litrgacha kamaytirish zarur. Shuningdek kaliy va magniy tuzlari saqlovchi mahsulotlar — dengiz karami, grechixa, loviya, o’rik qoqisi, kivilarni ko’proq iste’mol qilish kerak. Shu bilan birga natriy tuzlari, go‘sht mahsulotlari, ayniqsa, hayvon yog‘larini, qandolatchilik mahsulotlari iste’molini kamaytirish kerak. Bemor o’z vaznini ham kuzatib borishi kerak, chunki ortiqcha vazn ham kasallik paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan omillardan biridir.

Kasallik xurujlari chekingan davrda bemorga jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish tavsiya etiladi. Yaxshi profilaktik chora «jogging» usulida yugurish va suzish hisoblanadi. Mazkur tashxis qo’yilgan bemorlarga organizmning qizib ketishi, hammomlar, chekish va alkogolli ichimliklar ichish taqiqlanadi. Tana haroratning +38 ºC dan oshishi kalla ichi bosimidan aziyat chekadiganlar uchun xavf tug’diradi, shu sababli bunday holatlarda isitma tushiruvchi preparatlar qabul qilish shart. Kun tartibiga rioya etish, dam olish va uxlash uchun yetarlicha vaqt ajratish, televizor tomosha qilish vaqtida miyaning zo’riqishini minimumga olib borish zarur.

Asoratlari

Surunkali yuqori kalla ichi bosimi, noto’g’ri tushunchalar keng tarqalganligiga qaramasdan, progressiyaga moyil bo’ladi. Tegishli terapiyasiz kasallik nogironlikka olib keluvchi og’ir asoratlar qoldirishi mumkin.

Bunday asoratlarga quyidagilar kiradi:

  • Insult;
  • Miyachaning shikastlanishi natijasida harakatlanish koordinatsiyalarining buzilishi;
  • Miya ustunining ezilishi natijasida reflekslarning buzilishi, aritmiyalar;
  • Falajliklar;
  • Nutq buzilishlari;
  • Ruhiy og’ishlar;
  • Ko‘rlik;
  • Epilepsiya.

Kasallik rivojlanishining kamyob bo’lmagan natijasi o’lim hisoblanadi.

Juda kam bo’lsada, ammo kasallikning yaxshi sifatli shakli ham uchrab turadi, bunda yuqori KIB alomatlari hech qanday bir terapiyasiz ham o’z-o’zidan o’tib ketadi. Kasallikning bunday shakli mavjudligi tufayli «kasallik o’zi tuzalib ketadi» degan yanglish tushuncha ham mavjud. Lekin aslo bunday emas. Gap shundaki, qoida tariqasida, kasallikning yaxshi sifatli shakli yoshroq, ko’pincha ortiqcha vaznga ega ayollar uchun xarakterlidir. Shu sababli sizda aynan yaxshi sifatli shakli ekanligiga tayanmaslik kerak. Yaxshisi shifokorga murojaat qilish lozim.

Kasalliklar
alomatlari, asoratlari., davolash, Kalla ichi bosimi oshishi — sabablari