KALKUTTA UNIVERSITETI

KALKUTTA UNIVERSITETI

KALKUTTA UNIVERSITETI — Hindistondagi qad. va yirik un-tlardan biri. 1857-y. «Hindu kolledj» (1827) negizida tashkil etilgan. Ijtimoiy fanlar, tabiiy-mat. fanlari, tijorat, huquq, jurnalistika, ped., nafis sanʼat va musiqa, muhandislik, texnologiya, tibbiyot, q. x. va b. ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Un-t va unga biriktirilgan kollej va maktablarda 230 mingdan ortiq talaba oʻqiydi. Un-t kutubxonasida 500 mingdan ortiq asar saqlanadi.

Ensiklopediya.uz
KALKUTTA UNIVERSITETI