KALIT

KALIT

KALIT — 1) qulftl berkitish va ochish uchun ishlatiladigan tishli yoki oʻyiqli burash asbobi. Pishiq metalldan tishlari yoki oʻyiqlari qulf ariqchalari yoki chiqiqlariga tushadigan qilib tayyorlanadi. Har qaysi qulf va kalit bir-biriga moslanib, raqamlab qoʻyiladi. Shuning uchun bir qulfning Kalit boshqa qulfnikiga tushmaydi (qulfkalit iborasi shundan paydo boʻlgan); 2) biror mexanizmni burab yurgizish, ishga tushirish uchun ishlatiladigan metall asbob. Mas, burama (prujinali) soatlar, oʻyinchoklarning prujinasini burab taranglash uchun qoʻllanadi. Oʻyinchoqlarning Kaliti plastmassadan ham tayyorlanishi mumkin;

Ensiklopediya.uz
KALIT