KALIFORNIY

KALIFORNIY

KALIFORNIY (Californium), Cf — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub sunʼiy radioaktiv kimyoviy element. AQSH Kaliforniy unti va shtati nomiga qoʻyilgan. Tartib rakami 98; aktinoidlarga kiradi, Kaliforniyni 1950-y. da amerikalik olimlar S. Tompson, K. Strit, A. Giorso va G. Siborglar olgan. Barkaror izotoplari yoʻq. Ular oʻta ogʻir, uglerod, azot va kislorod atomlari bilan yadro reaktorlarida sintez qilingan. Massa soni 240—256 ga teng boʻlgan 17 izotopi maʼlum: 244Cf (T1/2=25 soat), 245Cf (T =45 soat), 246Cf(T =35,7 soat), 247Cf(T1/2=2,4 soat), 248Cf(Tl/2=250 kun) va b., yarim parchalanish davri koʻproq boʻlgan izotoplari: 249Cf(T =352-y.), 251Cf(T|/2=900-y.) va 252Cf(T|/2=264-y.). K. ning oksidlanish darajasi +2, +3, turgʻunrogʻiniki +4; Poling boʻyicha elektr manfiyligi 1,2.

Ensiklopediya.uz
KALIFORNIY