Kakku va xo‘roz

Kakku va xo‘roz

Kakku va xo‘roz

DO`STLARGA ULASHING:

“Qanday sayraysan, Xo‘roz,
Savlatdor, jarang ovoz!”
“Sen-chi, erkam Kakkujon,
Sayrashing cho‘ziq, ravon,
O‘rmonda qo‘shiqchi yo‘q senday yoqimtoy va soz!”
“Seni, qo‘shnim, o‘lguncha eshitishga tayyorman!”
“To‘satdan, suluvginam,
Sayramay qolsang bir dam,
O‘lay agar, toqatim toq, kutaman!
Boshlay qolsa ekan, deb qon yutaman…
Qaydan bu xilda ovoz?
Bunday ohang qayda bor?
Sof, muloyim, jarangdor…
Ha, naslingiz shundoqroq: o‘zi mittigina qush,
Lekin sayragan chog’da ip esholmas bulbul ham!”
“Qulluq, qo‘shni, ko‘nglim xush,
Agar chin dildan aytsam,
Sen jannat qushchasidan sayraysan yoqimliroq,
Eshitganlar hammasi shunday maqtashar inoq”.
Qaydandir uchib kelgan Chumchuq dedi shu zamon:
“Do‘stlar, biri-biringizni maqtang to bo‘gilguncha,
Lekin kuyingiz yomon!”
Gunohdan jindak qo‘rqmay, uyalmay Kakku nechun —
Xo‘rozni maqtar buncha?
Xo‘roz oldin Kakkuni xo‘p maqtagani uchun!

Krilov I.A

Kakku va xo‘roz