KAFOLATLI TOʻLOVLAR

KAFOLATLI TOʻLOVLAR

KAFOLATLI TOʻLOVLAROʻzbekiston Respublikasida mehnat qonunchiligiga muvofiq, amalga oshiriladigan pullik toʻlovlar. Bunday toʻlovlar xodim uzrli sabablarga koʻra, oʻz xizmat vazifalarini amalda bajarmagan vaqti uchun toʻlanadi. Kafolatli toʻlovlar xodimlarning moddiy manfaatlarini koʻriqlash maqsadida, ular davlat, jamiyat yoki ish beruvchiga taallukli, xizmat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarish uchun jalb etilgan takdirda oʻrtacha ish haqi oʻrnida; ish haqidan farq qilib, ishning miqdori va sifatiga koʻra emas, balki xodim oʻz huquklari va majburiyatlarini ado etishining moddiy sharti tarzida toʻlanadi. Kafolatli toʻlovlarning ijtimoiy vazifasi — xodim ishlamagan davrlarda uning turmush darajasi pasayib ketishiga yoʻl qoʻymaslikdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida xodimlar tomonidan: a) davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida (165-modda); b) ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqtida (166-modda); v) jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda (167-modda) beriladigan Kafolatli toʻlovlarning turlari belgilangan.

Ensiklopediya.uz
KAFOLATLI TOʻLOVLAR