KAFOLAT haqida to’liq ma’lumot oling
KAFOLAT (fuqarolik huquqida) — 1) mulkiy majburiyatni bajarish, chunonchi qarzni toʻlash usullaridan biri. Kafolat beruvchi oʻzga shaxsning majburiyatini toʻla yoki qisman bajarish masʼuliyatini oʻz zimmasiga olish haqida kreditor b-n yozma shartnoma tuzadi va qarzdor b-n teng javob beradi. U oʻz majburiyatini bajarish uchun qilgan sarflari va koʻrgan zararini qarzdordan undirib olishga haqli (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 292 — 298-moddalar);
2) Kafolat — biror shaxsning murojaatiga koʻra, uning kreditori talab qilgan maʼlum mikdordagi pulni toʻlash haqida bank va b. kredit muassasasi yoki sugʻurta tashkiloti bergan yozma majburiyat. Buning uchun Kafolat beruvchi haq olishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 299—310-moddalar).
Malumotlar
kafolat